«Yarim tunda kelinimning qattiq qiçqiriğidan uyğonib ketdim. Ovoz hovli çetidagi hojatxona tomondan kelayotgandi. Öşa yoqqa yugurdim. Borsam rangi oqarib ketgan kelinim hojatxonaga imo qildi. Içkarida öğlimning holatini kördim-u dahşatga tuşdim. Kiyimlari va oğzida qon qotib qolgan, tanasi allaqaçon sovigan ekan. Taxminimça, «peredozirovka» tufayli uning tili tomoğiga tiqilib qolgan. Öğlim tilini çiqariş uçun qölini oğziga tiqqan, ammo buning uddasidan çiqolmay oğzini qonatib taşlagan».
Qişning sovuğida şamollab şifoxonaga tuşib qoldim. Tayinlangan xonaga kirsam, u yerda yoşi yetmişlardan oşgan bir otaxon ham davolanayotgan ekan.
Otaxon uzoq tumanlardan biridan ekan. U ança kirişimli odam bölib, tezda ming yillik qadrdonlarday bölib ketdik.
Bir kun otaxon «Bir neça kundan buyon kuzataman, heç narsa çekmas ekansiz. Tarbiya bergan otangizga rahmat. Tamaki va nos inson salomatligi uçun juda ziyon. Köpçilik buni bilsa ham ularga ruju qöygan. Endi giyohvand moddalarni gapirib ötirmay, ular insonni bevaqt ölimga yetaklaydi», deb xörsinib qöydi.
Sinçkovligimga borib otaxonda bir dard bor-ov deb öyladim va uni gapga tutdim. Otaxon ham tölib turgan ekan, boşidan ötkazgan kunlar haqida gap boşladi.
Ma’lum bölişiça, otaxon ança yillar avval giyohvand moddalarga ruju qöygan yolğiz öğlidan ayrilgan ekan. «Özim hayotimda heç narsa çekmaganman. Yoşlikda anavi şayton suvidan bir-ikki marta olganimni aytmasa mast qiluvçi içimliklardan ham uzoq yurganman. Ammo e’tiborsizligim ortidan naşavand bölib qolgan öğlimni asrab qololmadim», deb otaxon hikoyasini boşladi.
«Giyohvand moddalarning nomi öçsin, ne-ne yigitlar juvonmarg bölib, ayni kuçga tölgan norğul yoşida ölib ketişiga sababçi böldi. Bu baloni yetiştirib tarqatayotganlar insonlarni zaharlab, ularning hayotiga zomin bölayotganini bilmasmikan?
Sovet davrini yaxşi eslayman, ayrim çollar şifobaxş ösimlik sifatida foydalaniş uçun 4-5 tup köknori ekişardi. Öşa paytlarda qoradori degan narsani heç kim bilmas, köknori ekadiganlar uni faqat quritib olib qöyişardi.
Nafaqat mahallamizda, butun muzofotimizda ham heç kim giyohvand moddalarga ruju qöymasdi. Ammo 1980-yillar boşida vaziyat özgardi.
Afğon uruşi boşlangaç u yerda janglarda qatnaşib uyga omon qaytgan yigitlarning ayrimlari bangi yoki naşavand bölib qaytişdi.
Keyin bilsak Afğonistonda qon keçgan yigitlarga komandirlari bang va köknori şirasini iste’mol qilişga qöyib berişar, yigitlar şu tarzda giyohvand moddalarga ruju qöyar ekan.
Öşa paytda afğondan qaytgan yigitlar özimizda naşa topolmay ança qiynalganlarini, ayrimlari bu dardni yengib çiqqanini, boşqalari esa irodasi böşlik qilib aroqqa ruju qöyganlarini ham guvohi böldik.
1980-yillar oxiriga kelib SSSRning Afğoniston bilan çegarasi ham yaxşi qöriqlanmay qoldi şekilli, biz tomonlarda ilk bor köknori şirasi – qoradori paydo böldi.
Mavzuga oid
Öşanda hali odamlar qoradoriga ruju qöyiş qanday oqibatlarga olib kelişini bilmasdi.
1990 yilga ötib, özimizning toğlarda ham ayrimlar köknori yetiştira boşladi. 1991 yilda SSSR tarqab hamma özi bilan özi bölib qolgaç köknori ekiş birmunça avj oldi.
1992 yilga ötib içki işlar xodimlari muzofotimizda ekilgan barça köknorilarni yöq qilişdi. Şuningdek, qonunlar ham kuçaytirildi. Natijada öşa yili heç kim köknori yetiştira olmadi. Ammo ungaça juda köpçilik qoradoriga örganib qolgandi.
Şu orada qöşni Tojikistonda fuqarolar uruşi boşlandi va vaziyat izdan çiqdi. Öşa paytlarda çegaralar hozirgiday qöriqlanmas, şu sababli Özbekistonga qöşni davlatdan qoradori olib kiriş avjiga çiqdi.
Açinarlisi, öşanda naşavand bölib qolganlarning köpçiligi yoş yigitlar edi. Ota-onalarning e’tiborsizligi ortidan qoradoriga örganib qolgan yigitlarning aksariyati juvonmarg bölib, «peredozirovka» degan narsadan ölib ketdi. Ular orasida mening ham jigargöşam, yolğiz öğlim bor edi.
Öğlim uçta qizdan keyin tuğilgan, şu uçun u biroz erka bölib ösgandi. Uni xotinim köp erkalar, biron ayb iş qilsa ham mendan yaşirardi. Keyinçalik öğlimning naşavand bölib ketişiga şu ham sabab bölgan.
Öşa paytlarda magazinçi bölib işlardim. Ertalab işga ketaman, keçki payt qaytaman. Şu asnoda maktabning yuqori sinfida öqiydigan öğlim «mehribon oşnalari»ning şarofati bilan qoradoriga örgangan.
Bu holatni xotinim mendan bir yildan oşiqroq yaşirib yurgan va öğlimning naşavand bölib qolganini bilganimda vaziyat izdan çiqib ketgandi. Şundan söng öğlimga yaxşi gapirdim, sökdim, foydasi bölmadi. Uni qoradori iste’mol qilişdan qaytara olmadim.
Taniş duxtirga maslahat solsam u qoradoridagi psixotrop moddalar qonga ötib bölganini, öğlim bir oy, qirq kun özini tiysa tuzalib ketişini aytdi. Ammo bu oson emasdi.
Şundan söng xotinim bilan maslahatlaşib hali yigirmaga tölmagan öğlimni uylantirib qöyişga qaror qildik. Biz ğofillar uylansa xotini bilan biroz çalğiydi va uni şu yöl bilan iflos botqoqdan olib çiqamiz deb öylabmiz.
Töy ötdi, ammo özgariş bölmadi. Öğlim qoradori iste’mol qilişda davom etaverdi. Oradan bir yil ötib farzand kördi, ammo bola nogiron tuğilgan edi. Vraçlar bolaning bunday tuğilişiga giyohvand modda iste’moli sabab bölganini aytişdi. Köp ötmay bola vafot etdi.
Şundan söng oxiri öğlimni boğlab qöyişga qaror qildim. U uy içida arqonlangan holda yotarkan, naşasi qistagan paytda dodlardi. Kelinga u har qança yalinsa ham arqonni yeçmaslikni tayinladim.
Bir kuni öğlim yana dodlay boşlaganda oldiga kirdim. U özini xuddi sovuqda qolib varaja bölgan odamday tutar, qöl-oyoği tinimsiz titrardi. Barça tomirlari börtib çiqqan, holati juda açinarli edi.
Şu taxlitda u uç haftaça yotdi. Kamroq dodlaşidan sezyapman, qoni toza böla boşladi. Menda tez orada tuzaladi degan umid uyğondi. Ammo...
Bir kun magazinda ötirgandim kelinim yiğlab kelib qoldi. Könglim bir yomonlik yuz berganini sezdi. U öğlim uydan qoçib ketganini aytdi:
«Siz uydan çiqqaningizdan keyin menga «ança tuzalib qoldim, böldi qölimni yeçib yubor dedi. Men işonib arqonni yeçibman. Öşa holida uydan çiqib ketdi. Qayerga ketganini bilmay qoldim».
Öşa zahoti öğlimni qidira boşladim. Taxmin qilib odamlar «naşa sotadi» deydigan bir-ikkita kimsanikiga bordim, ammo u yöq edi. Şu tariqa öğlimning qayoqqa qoçgani noma’lumligiça qoldi.
Oradan ikki hafta ötib Qozoğistonda novvoylik qilib yurgan hamqişloğim «öğlingizni Olmaotada kördim, bozorda arava surib yuribdi», deb qoldi. Darhol Qozoğistonga jönadim.
Öşa paytda 60 yoşga yaqinlaşib qolgandim va avtobusda uzoq yöl bosiş men uçun oson bölmadi. Maqsadim nima qilib bölsa ham öğlimni topib ortga qaytariş edi.
Olmaotaga borganimdan keyin aytilgan bozorga bordim. Qarasam ozib ketgan öğlim yupun kiyimda arava surib yuribdi. Borib qölidan mahkam uşladim.
Şu paytda u «ota, uyga qaytmayman, yana boğlab qöyasiz» dedi. Unga boğlamasligimni aytib va’da berdim. Avval uyga olib ketay, nima qilib bölsa ham davolataman deb öyladim. Bir keça tanişlarning kvartirasida qoldik va ertasi kuni ortga qaytdik.
Uyga kelgaç uni naşavandlarni davolaydigan şifoxonaga olib bordim. Öğlim u yerda qolmasligini aytdi. Duxtir dori berib turaman degandi, u köndi. Ammo ikki kunda qoçib keldi.
Xotinimga unga pul bermaslikni tayinladim. Agar qoradori uçun pul topa olmasa, majbur bölib kamaytiradi deb öyladim. Öşanda naşavandlar naşasi qistaganda köziga heç narsa körinmasligini, bir marta tutatadigan yoki ezib içadigan qoradori uçun har qanday işga tayyor ekanini bilmasdim.
Öğlim qaytganidan söng uydan turli narsalar yöqola boşladi. Albatta birinçi gumondor öğlim edi. Ammo u közini baqraytirib olmaganini aytgandan keyin heç narsa qilmadim. Xotinimga barça narsalarni qulflab yurişni tayinladim.
Oradan bir neça kun ötib kelinim tilla taqinçoqlaridan biri yöqolganini aytib qoldi. Şundan söng xotinim uning taqinçoqlarini olib, boşqa joyga yaşirdi.
Bir kuni kelinim endi kiyimi yöqolganini aytib qoldi. Uni öğlimdan boşqa heç kim olmasdi. Şundan söng öğlim bilan jiddiy gaplaşib olişga qaror qildim.
Ota-bola gaplaşar ekanmiz, öğlimning gaplari meni öylantirib qöydi.
«Ota, hozirgi hayotim menga ham yoqadi deysizmi? Naşam qistab qolganda közimga heç narsa körinmaydi. Tomirlarim tortişib şunaqa azob berib oğriydiki, unga çidab turiş qiyin. Keliningizning köylagini ham bir marta iste’mol qilinadigan «dori»ga almaşdim. Dispanserdan nega qoçib keldim? Çunki duxtir bergan tabletka menga ta’sir qilmadi. Qonim buzilib bölgan. Uni qanday tozalaşni, şu zahri qotildan qanday qutulişni bilmayman. Balki aytganingizday bir oy, qirq kun qoradori iste’mol qilmasam qonim toza bölib, «lomka»m yöqolar. Ammo ungaça çidaşning iloji yöq. Menimça hayotimni barbod qilib böldim».
Şundan söng öğlim bilan kelişib oldik, har kun oz-ozdan kamaytirib qoradorini taşlaydi. Ammo öşanda naşavand zoti borki, giyohvand modda topiş uçun yolğon qasam içişdan ham toymasligini bilmabman.
Öşa suhbatdan söng öğlimga qoradori uçun özim pul beradigan böldim. Har kun «bugun sal kamroq olgin» deb puldan biroz kam berardim. Ammo u qoradori oladigan odamidan gohida qarz hisobiga, boşqa safar u, bu işlarini qilib beriş evaziga avvalgi dozasini olib yurgan ekan.
Kunlardan bir kun yarim tunda kelinimning qattiq qiçqiriğidan uyğonib ketdim. Taşqariga çiqsam ovoz hovli çetidagi hojatxona tomondan kelyapti. Öşa yoqqa yugurdim.
Borsam kelinimning rangi oqarib ketgan, hojatxona içkarisiga imo qildi. Kirib qaradim-u, öğlimning holatini körib dahşatga tuşdim. Uning oğzi va kiyimlarida qon qotib qolgan edi. Tanasini uşlab körsam allaqaçon sovib bölgan ekan.
Uni taşqariga olib çiqib şimini kötardim. Taxminimça, öğlim «peredozirovka» bölgan va tili tortib ketgan. Sekin barmoğimni tiqib körsam, haqiqatan şunday, tili tomoğiga tiqilib qolgan. U tilini tomoğidan çiqariş uçun qölini oğziga tiqqan, ammo buning uddasidan çiqolmay oğzini qonatib taşlagan.
Şu tariqa 25 yoşga ham kirmagan yolğiz öğlimni özim qabrga qöydim. Hanuzgaça uning ölimida özimni ayblayman. Yolğiz öğil deb yoşligidan erka qilib östirdik. Ösmir yoşiga yetganda tarbiyasiga e’tiborsiz böldik.
Şu gaplarni gapirib otaxon jim bölib qoldi. Şu tobda uni nima deb yupatişni bilmasdim.
«Öğlimning vafotidan keyin köp ötmay kelinimni ham ota uyiga jönatib yubordim. Uning oldida ham aybdorman. Köra-bilaturib uni naşavand öğlimga ravo kördim va hayotini azobga aylantirdim. Keyinçalik kelinim boşqa bir insonga turmuşga çiqdi, hozir farzandlari bor, hayoti ança izga tuşdi.
Kampirim bilan yolğiz qolganimizdan söng qizlarim xabar olişyapti. Nabiralarim har kun yonimizda. Xudo xohlasa katta nabiramni uylantirsam oldimga köçirib kelaman, biz bilan yaşaydi».
Oradan bir neça kun ötib şifokorlar otaxonga javob berişdi. Uni olib ketgani kuyovlaridan biri bolalari bilan keldi. Ketiş oldidan otaxon bilan ming yillik qadrdonlarday xayrlaşdik. U özi yaşaydigan tumanga ötsam albatta mehmon bölib ketişimni tayinlab ketdi.