Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 15 periskop kameraga ega bo‘ladi
Bu yangilikni Apple mahsulotlari ixlosmandlari uzoq vaqtdan beri kutishayotgan edi.
Shu yilning kuzida sotuvga chiqariladigan navbatdagi iPhone'lar besh karra optik zumga ega periskop kamerasi bilan jihozlanadi. Bu haqda iPhone smartfonlari to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlarni tarqatuvchi Jyeff Pu xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple hozirda iPhone 15 Pro va 15 Ultra uchun periskop linzalarini yetkazib beruvchi Zhejiang Lante Optics kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
iPhone smartfonlarida periskop paydo bo‘lishi haqidagi mish-mishlar bir necha yillardan beri tarqalib kelmoqda va Apple mahsulotlarining ko‘plab muxlislari ushbu yangilikni intiqlik bilan kutishmoqda - ayniqsa periskopli birinchi Android smartfonlari bozorda 2021 yilda paydo bo‘lganidan beri.
Jyeff Pu so‘zlariga ko‘ra, yangi telefoto linzalari yorug‘likni sindirish uchun murakkab obektiv tizimiga ega bo‘ladi va bir xil o‘lchamni saqlab qolgan holda, nafaqat yaxshilangan masshtablash sifatini, balki 5 karra va undan ortiq kattalashtirish qobiliyatini ham ta’minlaydi. Agar hammasi rejadagidek bo‘lsa, Zhejiang Lante Optics kompaniyasi Apple'ga 100 milliongacha linza yetkazib beradi.
Avvalroq bir qancha manbalar, jumladan, insayder Ming-Chi Kuo ham yangi iPhone'larda periskop kamerasi paydo bo‘lishini aytgan edi.
iPhone 15 liniyasi taqdimoti 2023 yil sentabr-oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:25 / 29.06.2026