Turkiyaning Havaş kompaniyasi Rossiya aviakompaniyalari uchoqlariga xizmat ko‘rsatishni bas qilishi mumkin
Turkiyaning samolyotlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Havaş kompaniyasi Rossiya, Belarus va Eron aviakompaniyalarining AQSh sanksiya ro‘yxatiga tushgan uchoqlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish xavfi borasida ogohlantirdi.
Kompaniya rahbari Meta Erna yo‘llagan xatda Havaş AQShda ishlab chiqarilgan barcha Boeing samolyotlariga, shuningdek, Yevropaning Airbus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bir nechta samolyotlarga xizmat ko‘rsatishni bas qilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ro‘yxatdan Rossiya aviakompaniyalariga tegishli jami 170 ta, belaruslarning 7 ta, forslarning 4 ta samolyoti o‘rin olgan. Samolyotlarning katta qismi “Aeroflot”ga tegishli. Ro‘yxatda Rossiyaning o‘ndan ortiq aviakompaniyalari, shuningdek, Roman Abramovichga tegishliligi taxmin qilinayotgan samolyotlar ham bor.
RBK nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Havaş masalaning yuridik jihatlarini o‘rganib chiqmoqda va aviakompaniyalardan ishlab chiqarilishidan 25 foizdan ortiq AQSh detallari va texnologiyalari ishtirok etgan samolyotlar ro‘yxatini so‘ramoqda. Aks holda, bu samolyotlar AQSh sanksiyalari ta’siri ostiga tushadi.
Havaş Turkiya aeroportlarining yetakchi operatori TAV Airports’ga tegishli. U 29 ta davlatdagi 90 dan ortiq aeroportlarda, shu jumladan, Turkiyaning Istanbul, Anqara, Antalya va boshqa yirik aeroportlarida xizmat ko‘rsatadi.
2023 yilning 26 yanvarida The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib, AQSh hukumati Rossiya aviakompaniyalariga tegishli bo‘lgan va Amerikada ishlab chiqarilgan uchoqlarning Turkiyaga parvozini to‘xtatish maqsadida Anqaraga bosim qilishga urinayotgani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
13:19
NOS: Rossiya hakerlari Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilyapti
11:31
Saudiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
23:17 / 15.11.2024
Rossiyada «o‘lik jonlar»ni urushga yuborgan «voyenkomat» xodimlari qo‘lga olindi
23:13 / 15.11.2024