Amerikalik harbiylar Janubiy Karolina sohillari yaqinida xitoyliklarning payşanba kuni Amerika havo kengliklariga kirib kelgan «josus şari»ni urib tuşirdi.
Bu jarayonni kuzatib turgan Reuters agentligi fotografining xabar berişiça, havo şariga qiruvçi samolyot raketa uçirgan, ammo u portlamagan, şunçaki pastga qulay boşlagan. Şar Atlantika okeaniga qulagan, amerikaliklar uning qoldiqlarini suvdan çiqarib olib, örganiş uçun topşirişmoqçi.

AQŞ prezidenti Jo Bayden şarni urib tuşirgan qiruvçi samolyot uçuvçisini tabrikladi.
Bu vaqtda rasmiy Pekin Vaşingtonga Amerika tomoni xitoyliklar şarini urib tuşirgani uçun norozilik bildirdi. XXR TIV Qöşma ştatlarni haddan taşqari jiddiy reaksiya qilişda va xalqaro amaliyotni buzişda ayblagan. Şuningdek, Xitoy Vaşingtonning harakatlariga javob qaytariş huquqini özida saqlab qolişi qayd etilgan.
Şanba kuni Xitoy AQŞni xotirjamlik saqlaş va hodisani «sovuqqonlik» bilan tekşirişga çaqirdi.
Amerikada avvalboşdan uşbu noma’lum uçar obektni urib tuşirişga çaqiriqlar yangragan, ammo şar harbiylar fuqarolik aviatsiyasi foydalanadigan havo yölaklaridan ança yuqorida harakatlanayotgani va havoda heç qanday tahdid solmayotgani, şuningdek, qulaş tufayli uning parçalari quruqlikda kimgadir ziyon yetkazişi mumkinligi tufayli uni urib tuşirişni istamayotgandi.
Şanba kuni AQŞ Federal fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi (FAA) xavfsizlik nuqtayi nazaridan uçta aeroportni, jumladan havo oqimlari xitoyliklar şarini olib kirgan Janubiy Karolina ştatidagi Mirtl-Biç xalqaro aeroportini ham yopişga qaror qildi.
FAA şuningdek Janubiy Karolina sohillari yaqinidagi havo kengligini fuqarolik parvozlari uçun yopib qöydi - bu hududda AQŞ harbiy havo kuçlari va sohil xavfsizligi xizmati navbatçilik qilişga kirişgandi.
Payşanba kuni AQŞ havo kengligida xitoyliklarning ulkan «razvedkaçi havo şari» aniqlanganidan keyin AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken rasmiy Pekinning harakatlarini mas’uliyatsizlik deb baholab, uşbu şaharga rejalaştirilgan rasmiy taşrifini bekor qildi.

















