Kun.uz voqeaga munosabat bildirgan faollar fikrini jamladi.
“Bir guruh faollar mas’uliyatni ota-onalar zimmasiga yukladi”
Jurnalist Muhrim A’zamxöjayev telegram-kanalida Muslima yöqolib qolgan köçadagi videokameralar muntazam işlaganda qizning hayotini saqlab qoliş ehtimoli haqida yozarkan, bu masala birgina kamera örnatiş bilan yeçilmasligini ta’kidlagan.

“Yangihayotda 12 yoşli öquvçi qiz yöqolib qolib, söng uyi oldidan murdasi çiqqani haqida xabarlar tarqalgan vaqtda ma’lumotlar, har doimgidek, ölda-jölda edi. Qölga olingan gumonlanuvçi haqida bilganimiz — u yozda marhuma yaşagan uyda mardikorlik qilgani edi. Bor-yöq tafsilot şu. Boşida aksariyat munosabatlar ham şu ikki qator axborotga tayanib bildirildi.
Bir guruh faollar mas’uliyatni ota-onalar zimmasiga yukladi — ota-onalar bolalarini köproq nazorat qilişi kerakligi, iloji bölsa, maktabga ham özi olib borib, özi olib qaytişi zarurligi haqida gapirdi. Boşqa bir guruh esa bolalarning öziga begonalar bilan iloji boriça muloqot qilmaslikni örgatiş, begonalar bilan heç qayerga bormaslikni tuşuntiriş kerakligini aytdi.
Qizning onasi va buvisidan olingan intervyuni körgan yo öqigandirsiz. Ha, bu faqat bitta, bölganda ham jabrlanuvçi tomonning gaplari. Lekin unda yuqoridagi munosabatlarning köpini rad etadigan tafsilotlar bor: qiz odobli, köçada keç qolmaydi, şu qadarki, maktabdan qaytişi yarim soatga keçiksa ham seziladi, çunki u keçikmaydi, sababi — doimiy nazoratda (ota-ona faqat bir işni qilmagan — 12 yoşli qizini maktabga özi olib borib, özi olib qaytmagan, xolos).
























