Xorazm viloyatida maktab direktorining dars vaqtida sinfxonalardan biriga kirib, öquvçi qizni kaltaklagani aks etgan tasvirlar böyiça viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanişiça, holat 7 aprel kuni Qöşköpir tumanidagi 14-sonli maktabda sodir bölgan. Maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir neça qizlarni soçini yiğmaganligi sababli ularning soçidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallaşib ketadi.
Idora xabarida holat yuzasidan maktab direktori vakolatli taşkilotlar tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgani, şuningdek, unga pedagogga xos bölmagan harakatlari uçun hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllanilgani ma’lum qilingan.
Avvalroq Samarqandda darsga keç kelgan 7-sinf öquvçisiga taşlanib, unga zörlik va tazyiq ötkazgan öqituvçi işdan olingandi.








