31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zörlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoşli qizning murdasi topilgan.
Internetda qiz va uning ortidan ta’qib qilib kelgan erkakning videolari tarqalmoqda.
“Keça keçqurun Telegram-guruhlarda Yangihayot tumanida 12 yaşar qizça bedarak yöqolgani va köngillilar, mahalla ahli hamda içki işlar xodimlari tomonidan qidirilayotgani haqida xabarlar aylana boşladi. Telegramʼda yöqolganlarni qidiradigan köngillilar guruhida keça soat 22:30 lar atrofida qidiruv e’lon qilindi.
Guruhlarga e’lonlar tarqatişdi, hududga borib qidirişdi. Hamma topilsin deb duo qildi. Onlayn drama, juda tahlikali onlar böldi. Afsuski, keçasi 2:30 larda qidiruv töxtatilgani, qizçaning murdasi mahallasidan, özi yaşaydigan uy yaqinidan topilgani aytildi”, deb yozmoqda bloger Şahnoza Soatova.
Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, gumonlanuvçi şaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yozida yollanma işçi bölib işlagan va uyda ta’mirlaş işlarini amalga oşirgan.
Holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda qasddan odam öldiriş) 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Boş prokuraturaga köra, uşbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan 29 yoşli erkak Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
“Mazkur iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida fuqarolar şa’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boşqa tafsilotlar oşkor qilinmaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Saida Mirziyoyeva 6 dekabr kuni “Zöravonlikka qarşi kuraşni institutlaştiriş” mavzusidagi xalqaro konferensiyada voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş zarurligi, bu borada bolalar va ösmirlarni himoya qilişning aniq va qat’iy mexanizmlarini işlab çiqiş lozimligini








