Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya sudi Saakashvilini sog‘lig‘i sabab ozod qilishdan bosh tortdi
Endi unga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sud mahkamasi davom ettiriladi.
Tbilisi shahar sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini sog‘lig‘i sababli ozod etishni rad qildi.
«Advokat Shalva Xachapuridzening Mixail Saakashvilini jazoni ijro etishdan ozod qilish yoki jazo muddatini to‘xtatib turish haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilmasin», dedi sudya Giorgiy Arevadze mahkama yakunida.
6 fevral kuni Ukraina Oliy Radasi Gruziya hukumatiga, Yevroparlament, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevrokomissiya, PASE va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari parlamentlariga Mixail Saakashvilini zudlik bilan chet elda davolanish uchun jo‘natish talabi bilan murojaat qabul qilgan edi. Saakashvilida Ukraina fuqaroligi ham bor.
Mixail Saakashvili 2021 yil oktyabr oyida Gruziyaga qaytganidan so‘ng hibsga olingan edi. Unga nisbatan bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Saakashvili o‘zining hibsga olinishini «siyosiylashgan tadbir» deb atadi va ochlik e’lon qildi. Keyinchalik, ochlikni to‘xtatdi. Vaqt o‘tgach, sobiq prezidentning sog‘lig‘i jiddiy yomonlashdi. 2022 yil may oyida u qamoqdan Tbilisidagi nufuzli klinikaga o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid
20:16
Ukraina navbatda: Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi
13:58
Iqtisodiy forumning ilk kunida Peterburgga dronlar hujum qildi – suratlar
12:19
Belgiyadan Rossiyaga bemor otasini ko‘rish uchun kelgan shaxs «davlatga xiyonat»da ayblanib, 16 yilga qamaldi
08:48