Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi - TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Turkiyada ro‘y bergan zilzila to‘g‘risida rasmiy axborot bilan chiqdi.
«Turkiyaning bir qancha hududlarida ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi axborotda.
Qayd etilishicha, 2023 yil 6 fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, mamlakatning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Anqaradagi elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkin.
6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 170 kishi halok bo‘ldi.
Turkiyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni kamida 76 kishini tashkil etdi, kamida 440 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Suriyada kamida 99 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Damashq davlat televideniyesi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026