O‘zbekiston | 08:55 / 09.02.2023
14188
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Centrum Air o‘z jamoasiga bort kuzatuvchilarini taklif etadi

Foto: Sentrum Air

Sentrum Air aviakompaniyasi “Bort kuzatuvchisi” vakansiyasiga nomzodlar qabulini e’lon qiladi.

1-3 toifali bort kuzatuvchisi guvohnomasiga hamda mutaxassisligi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega 18 - 40 yoshdagi nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Bort kuzatuvchisi qanday majburiyatlarga ega?

  • Aviakompaniya mijozlari uchun mehmondo‘stlik va qulaylik muhitini yaratish;
  • Havo kemasi bortida xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha choralarni ko‘rish;
  • Samolyot bortida yo‘lovchilarni kutib olish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish;
  • Parvoz davomida ovqatlanishni tashkillashtirish;
  • Zarur holatda birinchi yordam ko‘rsata olish.

Nima uchun aynan Sentrum Air aviakompaniyasi?

  • Qiziqarli, doimiy yangiliklarga boy ish faoliyati;
  • Mehnat uchun yuqori haq to‘lash;
  • Moslashuvchan ish va dam olish vaqti;
  • O‘z ishining professionallaridan iborat ahil jamoa;
  • Fuqarolik aviatsiyasi sohasida qimmatli tajribaga ega bo‘lish va istiqbolda lavozimning oshishi.

Nomzodlarga talablar:

  • ingliz, rus, o‘zbek tillarida erkin so‘zlasha olish;
  • o‘rta, o‘rta-maxsus ma’lumot

      — bo‘yi:

  • ayollar - 165 dan 175 smgacha
  • erkaklar – 170 dan 180 smgacha

Ishga joylashish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq:

  • punktuallik, stressga bardoshlilik, mas’uliyat va intizom.

Rezyumelar [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi va qisqa fursatda ko‘rib chiqiladi.  

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish