Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodov - Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi
Eng qimmat futbolchilar o‘ntaligiga O‘zbekistonning 6 futbolchisi kiritilgan.
Germaniyaning Transfermarkt portali Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Ushbu portal futbolchilarning shartnomasi va transfer qiymati ma’lumotlarini aniqlashga ixtisoslashgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi va Italiyaning «Spetsiya» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi sanaladi. Uning transfer qiymati 7 mln yevroga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni Moskvaning TsSKA klubi va Qozog‘iston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov egalladi. Kuchli uchlikni Saudiyaning «An-Nasr» jamoasidan o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov yakunladi.
Markaziy Osiyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:
- Eldor Shomurodov (O‘zbekiston/Spetsiya Italiya) – 7 million yevro;
- Baxtiyor Zaynutdinov (Qozog‘iston/TsSKA) - 5 mln;
- Jaloliddin Masharipov (O‘zbekiston/An-Nasr) - 2,5 mln;
- Aziz G‘aniyev (O‘zbekiston/Shabab Al-Ahli BAA) - 2 mln;
- Otabek Shukurov (O‘zbekiston/Fotih Qoragumruk Turkiya) – 2 mln;
- Igor Sergeyev (O‘zbekiston/Tobol Qozog‘iston) - 1,4 mln;
- Nurali Alip (Qozog‘iston/Zenit Rossiya) - 1,2 mln;
- Aleksandr Merkel (Qozog‘iston/G‘oziantep Turkiya) - 1 mln;
- Marat Bistrov (Qozog‘iston/Axmat Rossiya) - 1 mln;
- Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (O‘zbekiston/Nijniy Novgorod Rossiya) - 900 ming yevro.
Qirg‘iziston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi Valeriy Kichin (Yenisey Rossiya) – 750 ming yevro.
Turkmaniston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi Ruslan Mingazov (Kitchi Hongkong) – 550 ming yevro.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026