Jurnalistlar Rossiya hukumatining «Rossiya Federatsiyasining Belarusdagi strategik maqsadlari» deb nomlangan içki hujjati bilan tanişdilar, unda Belarus Respublikasining 2030 yilgaça Rossiya Federatsiyasiga bosqiçma-bosqiç töliq qöşilişi nazarda tutilgan. Suriştiruvda Süddeutsche Zeitung, WDR, NDR, Yahoo News, Delfi Eesti, Expressen va Independent naşrlari, VSquare va Fronstory loyihalari, «Dose» markazi hamda Belarus suriştiruv markazi iştirok etdi.

2021 yilning yoziga tegişli 17 sahifalik hujjatda Kremlning Belarusdagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlari sanab ötilgan. Uşbu maqsadlar uç toifaga bölingan - qisqa muddatli (2022 yilgaça), örta muddatli (2025 yilgaça) va uzoq muddatli (2030). 

Strategiya «Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy siyosat, savdo, iqtisodiyot, fan, ta’lim va madaniyat sohasidagi ta’sirini ta’minlaş»ni nazarda tutadi. Bunga, xususan, Belarus Respublikasi fuqarolari tomonidan Rossiya pasportlarini oliş tartibini soddalaştiriş orqali erişiş rejalaştirilgan - «integratsiyaga qiziqqan ruslar qatlamini va Rossiya bozoriga yönaltirilgan işbilarmon doiralarni yaratiş uçun». Mualliflar ta’limni boşqa vosita sifatida körişadi: 2030 yilga borib, Belarusda rus maktabini bitiriş uçun yagona davlat imtihonini («YeGE») topşiriş punktlarini oçiş rejalaştirilgan. 

Hujjatda, şuningdek, 2022 yil fevraldagi «umumxalq referendumida» «ma’qullangan» Belarus Konstitutsiyasi islohoti Rossiya manfaatlariga mos kelişi va Belarus Respublikasi qonunlari Rossiya Federatsiyasi qonunlariga «uyğunlaştirilişi» kerakligi ta’kidlangan. 

Hujjatda maqsadlardan taşqari, Kremlga köra, Rossiyaning Belarusdagi rejalarini buzişi mumkin bölgan tahdidlar ham bor. Strategiya mualliflari Lukaşenkoning NATO bilan yaqinlaşişi ehtimoli, unga «millatçi va ğarbparast siyosatçilar»ning ta’siri, Rossiyaning koronavirusga qarşi vaksinalarini Amerika va Yevropa vaksinalariga almaştiriş, şuningdek, ta’lim tizimining belarus tiliga töliq tarjimasini uşbu tahdidlar sifatida körsatgan.

E’lon qilingan hujjatning haqiqiyligini töliq tasdiqlaş mumkin emas, lekin Ğarb ekspertlari uning haqiqiyligiga işonyapti.

«Hujjat mazmuni mutlaqo işonarli va biz körayotgan narsalarga mos keladi», dedi Ğarb razvedkasining yuqori martabali xodimi Süddeutsche Zeitung gazetasiga. «Taşqi körinişida hujjat Rossiya byurokratiyasi yoki siyosiy ma’muriyatining standart hujjatiga öxşaydi», dedi Stokholm Şarqiy Yevropa tadqiqotlari markazi (SCEEUS) direktori örinbosari Martin Krag.