Har bir davlatning öz xalqi va dunyo hamjamiyati oldida olgan majburiyati, mas’uliyati böladi. Uning bu majburiyatlari Boş qonun – Konstitutsiyada, yoki tarixan şakllangan hujjatlarda ifodalangan böladi. Özbekiston, Konstitutsiyaga köra – huquqiy, demokratik davlat.

Aynan Konstitutsiyada, Özbekistonning fundamental qadriyatlari, davlat institutlari va ularning özaro munosabatlari, jumladan, hokimiyatning eng oliy vazifasi – faqat huquq doirasida xalqning, vatandoşlarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, insonlarning hayotiy loyihalarini amalga oşirişda – xizmat qiliş ekanligi urğulanadi.

Huquqiy davlat böliş – bu nafaqat niyat, balki çuqur siyosiy tafakkur va katta hayotiy tajribani ham nazarda tutadi. Ya’ni biron bir davlat “bundan keyin huquqiy bölamiz” deb niyat qilsa, bu yetarli bölmaydi. Huquqiy davlatçilik – bu barça davlat institutlari, ularning mulozimlari va xodimlarining faqat huquq doirasida fikrlaşi va işlaşini anglatadi.

Jumladan, katta sonli Içki işlar vazirligi xodimlari ham, hattoki jinoyatçilik bilan kuraşayotganda ham yoki qonunbuzarlikda gumonlanayotgan şaxslar bilan munosabatlarda ham, faqat huquqiy doirada bölişini anglatadi.

Agar e’tibor berilsa, eng demokratik davlatlarda ham, kuç işlatar tizimlar xodimlari noqonuniy faoliyatda ayblanib turişadi, öz vakolatlarini oşirib yuborganliklari ma’lum böladi. Sababi, bir tomondan, inson psixologiyasiga borib taqaladi. Kimdir özini yoki qilayotgan işini haq, töğri, qonuniy deb bilsa, yoki opponent tomonni noqonuniy yoki notöğri deb bilsa, unga qarşi kuç işlatişga moyil bölişi örganilgan.

Aytiş kerakki, demokratik davlatlardagi noqonuniy kuç işlatiş holatlari, nodemokratik davlatlarga nisbatan nihoyatda kam. Bunday holatlarning oldini oliş uçun, sinçkovlik bilan öylangan mexanizmlar joriy qilingan. Tergov jarayonlari, insonlarning psixologik holatlari, jamiyatdagi vaziyatlarni inobatga olgan holda taşkillaştirilgan.

Nima uçun eng boy va tajribali davlatlar huquqiy davlatçilikni tanlaşgan, huquqiy davlatçilikni himoya qilişadi? Sababi, huquqiy bölmagan davlat – hamma uçun muammo. Eng avvalo, nohuquqiy bölgan davlatni boşqarib turgan mulozimlar uçun ham. Çunki nohuquqiy davlatda, kim kuçli va vaziyatning xöjayini bölsa, u haq. Bu – örmon qoidasi, vaziyatni borgan sari oğirlaştirib borişi yaxşi örganilgan.

Huquqiy davlatçilik – bu muttasil jarayon. Huquqiy davlatçilikning tamoyillari bu – ratsionallik, vazminlik, oçiqlik, şoşilmaslik. Misol uçun, huquqni muhofaza qiliş organlarida kimdir birovning faoliyatiga nisbatan gumon paydo böldi. Qonunbuzarlikda ayblanayotgan odamni tergov qilişni siyosiy kampaniyaga ham aylantirib yuboriş mumkin, yoki aksinça, xalqaro tajribada kuzatilgani kabi, vazminlik, oçiqlik va şoşilmaslik orqali, jarayonni işonç bilan ham olib boriş mumkin. Davlat institutlari jamiyat bilan muloqot qilişni yaxşi özlaştirişi, qonun taqozo qilganda esa, huquqiy doirada vaziyatni şarhlay olişi ham kerak.