Prezident Rossiya hukumatiga boşqa davlatlar aholisida RFni «demokratik federativ huquqiy davlat» sifatida qabul qiliş töğrisida tasavvur şakllantirişni topşirdi. Unga köra, bu davlat jins, irq, millat, til, kelib çiqişi, mulkiy ahvoli, dini, e’tiqodi yoki jamoat birlaşmalariga mansubligidan qat’i nazar, huquq va erkinliklarning tengligini kafolatlaşi lozim. Mazkur körsatma Putin tomonidan tasdiqlangan va seşanba, 25 noyabr kuni tegişli farmoni bilan birga e’lon qilingan 2036 yilgaça bölgan davlat milliy siyosat strategiyasida öz ifodasini topgan.
Olti bölim va 61 banddan iborat uşbu hujjatda amaldorlarga «davlat yaratuvçisi» rus xalqi rolini mustahkamlaş zarurligi körsatilgan. Jumladan, rus madaniyati va an’analarini tarğib qilişga qaratilgan tadbirlar umumiy şunga öxşaş taşabbuslarning kamida 50 foizini taşkil etişi lozimligi belgilab qöyilgan. Alohida ravişda rus tili va madaniyatini xorijda tarğib qiliş, şuningdek, «rusofobiya», ksenofobiya va neonatsizmga qarşi kuraşiş vazifalari qayd etilgan.
«Novaya gazeta Yevropa» naşri ta’kidlaşiça, strategiyada aniq maqsadli indikatorlar keltirilgan. Konsepsiyaga köra, 2036 yilga borib rossiyaliklarning 95 foizi «fuqarolik ongi»ni namoyon etişi kerak. Amaldorlar aholining 85 foizi millatlararo munosabatlarni ijobiy baholaşini, şuningdek, «milliy asosda jiddiy nizolar çiqişi mumkin» deb öylovçilar uluşi 15 foizdan oşmasligini ta’minlaşi lozim.
Ukrainaning egallab olingan hududlaridagi aholi, hujjatga köra, «umumrossiya tadbirlari»da iştirok etişi kerak, bunda qamrov heç bölmaganda 2,5 million kişini taşkil etişi belgilab qöyilgan.
Rossiya «demokratik federativ huquqiy davlat» ekani, öz barça fuqarolarining huquq va erkinliklarining tengligini kafolatlaşi haqidagi norma RF konstitutsiyasida mustahkamlab qöyilgan. Biroq sönggi yillarda mamlakat hokimiyati ayrim aholi guruhlarining huquqlarini çeklovçi qator qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qildi. Ular orasida muayyan siyosiy va diniy qaraşlarga ega bölganlar, şuningdek «çet el agentlari», «nomaqbul» yoki «ekstremistik» deb e’lon qilingan taşkilotlar bilan boğliq şaxslar ham bor.













