Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi. Mazkur ro‘yxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.
2023/2024 o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi. 2023/2024 o‘quv yilida: abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi; bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi. O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.
Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan ta’minlanadi.
Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
15:26 / 04.10.2023
“Farzandim uchun hamma narsani o‘rganishga tayyorman” – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun medialoyihadan reportaj
08:03 / 31.07.2023
Nogironligi bor shaxslar uchun «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshiriladi
14:17 / 14.07.2023
Nogironlar benzin uchun to‘lab kelingan imtiyozdan besh oydan buyon foydalana olmagan. Sababi hozircha noma’lum
09:06 / 05.06.2023