Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Entoni Blinken Toshkentga keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken uchgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va AQShning mamlakatimizdagi elchisi Jonatan Henik kutib oldi.
Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrifidan avval u Qozog‘istonda bo‘ldi. U 28 fevral kuni Osiyoga turnesi doirasida Qozog‘iston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Toshkentda u rasmiylar bilan «bir qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish» yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu uning O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:21 / 06.01.2025
Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
17:16 / 04.01.2025
Blinken: Xitoy Rossiyani yadroviy qurol qo‘llashdan qaytargan
15:13 / 21.12.2024
Blinken: Ukraina kurashish yoki muzokara o‘tkazish haqida bir qarorga kelishi kerak
20:15 / 17.12.2024