AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr, payşanba kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettiriş yoki muzokaralar olib boriş va öt oçişni töxtatişga uriniş böyiça fundamental qaror qabul qilişi kerak» dedi. Uning qöşimça qilişiça, asosiy savol: «Rossiya buni qilişga tayyormi?»
Blinkenning sözlariga köra, Qöşma Ştatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQŞ keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinçlik muzokaralarini boşlaş uçun eng yaxşi holatga keltirişni maqsad qilgan. «Va bu biz Ukrainaning jang maydonidagi pozitsiyasini mustahkamlaşga harakat qilişimiz, uning pul, öq-dori va safarbarlik salohiyatiga ega ekanligiga işonç hosil qilişimiz kerakligini anglatadi», deb tuşuntirdi u. Şu bilan birga, rasmiy Vaşington «Rossiyaga maksimal bosim ötkazişda» davom etişi kerakligini qöşimça qildi.
Entoni Blinkenning qöşimça qilişiça, rus armiyasining jang maydonidagi yöqotişlari «favqulodda yuqori». «Yoşlar göşt qiymalagiçga taşlanişda davom etmoqda», — dedi u.
Blinken: Ukrainada sulh adolatli bölişi va uzoq davom etişi kerak
Şu kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida AQŞ davlat kotibi «agar ukrainaliklar xohlasa» Ukrainada öt oçişni töxtatişga erişiş «yaxşi bölardi», dedi. Biroq, u qöşimça qilişiça, «bu adolatli va doimiy bölişi kerak». «Uning uzoq davom etişi uçun Rossiya şunçaki dam olişga, qayta qurişga va keyin yana hujum qilişga qodir emasligi haqida ma’lum kafolatlarga ega böliş zarur», dedi Amerika taşqi siyosat idorasi rahbari.
Blinkenning sözlariga köra, Putin sanksiyalar «yuki» ostidan çiqib ketmoqçi. Ammo u «imperiya ambitsiyalaridan voz keçişi dargumon».













