Jahon | 21:59 / 03.03.2023
33616
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Dehlidagi anjumanda ukrainaliklar Rossiyaga qarshi urush boshlaganini aytib, kulgiga qoldi 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukrainadagi urush haqidagi savollarga javob berishdan o‘zini olib qochdi. 

Dehlidagi Raisina Dialogue anjumani ishtirokchilari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Ukrainadagi urush Rossiyaga qarshi «boshlangani» va Rossiya uni to‘xtatmoqchi ekanligi haqidagi bayonotini kulgi bilan qarshi oldi.

«Ukraina xalqidan foydalangan holda bizga qarshi urush boshladilar va biz uni to‘xtatishga harakat qilyapmiz...», dedi Lavrov, shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari baland ovozda kulib, qarsak chalishdi. 

Lavrov boshlovchining urush haqidagi savollariga javob berishdan qochib, ularni «qo‘sh standartlar» deb atadi. 

«Shuncha yillar davomida Iroqda, Afg‘onistonda nimalar bo‘layotgani bilan qiziqdingizmi?», deb so‘radi u boshlovchidan. 

«[Siz] Qo‘shma Shtatlar Yugoslaviya, Iroq, Liviya va Suriyada bo‘lgani kabi, yer yuzining istalgan joyida o‘z milliy manfaatlariga tahdid e’lon qilish huquqiga ega ekanligiga ishonasizmi... va nega ularga bu haqda hech qanday savol bermaysiz?», dedi Lavrov.

Raisina Dialogue anjumanida olimlar, diplomatlar va butun dunyo kompaniyalarining top-menejyerlari ishtirok etadi. 

Mavzuga oid