Rossiya yana Ukraina energetika sektoriga zarba berdi
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga uchuvchisiz uchoqlar va ballistik raketa bilan hujum qildi. Bir kishi jarohatlangan, infratuzilmaga zarar yetgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya tomonidan otilgan 22 ta drondan 20 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
26 iyul, jumaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab yigirmadan ortiq «Shahed-131/136» dronlarini uchirdi. Uchirish Qrim va Kurskdagi Chauda burunidan amalga oshirildi. Bundan tashqari, Rossiya harbiylari Rostov viloyatidan uchirilgan «Iskander-M» ballistik raketasi bilan Donetsk viloyatiga hujum qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk o‘zining Telegram-kanalida xabar berganidek, havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning to‘rtta hududida ishlagan.
Natijada 22 ta drondan 20 tasi urib tushirildi. Biroq, «Shahed»lar qoldiqlari ketma-ket ikkinchi kecha hujumga uchragan Jitomir viloyatidagi fuqarolik infratuzilmasi va energetika obektlariga zarar yetkazdi. Tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q. Viloyat harbiy ma’muriyatidan ma’lum qilishlaricha, shikastlangan obektlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ertalab viloyatda elektr ta’minoti qisman tiklangan.
Shuningdek, Rossiya hujumi natijasida Chernixiv viloyatining Nejin shahridagi infratuzilma obekti va yotoqxona zarar ko‘rgan. Bir kishi jarohatlangan.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga havo hujumlarini to‘xtatmay, mamlakat energetika infratuzilmasini yaqinlashib kelayotgan qish arafasida izchillik bilan yo‘q qilishda davom etyapti.
Mavzuga oid
08:37
Sibiga: UQK qanchalik uzoqroq zarba bersa, urush shunchalik tezroq tugaydi
01:00
Borrel AQSh Kiyevga 300 kilometrgacha bo‘lgan masofada Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
22:02 / 18.11.2024
Ukraina uzoq masofaga uchadigan raketalar uchun ruxsat oldi: endi nima bo‘ladi?
21:08 / 18.11.2024