Fitch reyting agentligi Ukrainaning kredit reytingini SS’dan S’gaça tuşirdi, bunda defolt jarayoni allaqaçon boşlangan yoki yaqinlaşib qolgan deb hisoblanadi. Bu haqda agentlik 25 iyul, payşanba kuni öz saytida ma’lum qildi. 

Ukrainaning kredit reytingini pasaytirişga yaqinda kreditorlar guruhi bilan 20 milliard dollarga yaqin xalqaro obligatsiyalar böyiça qarzni restrukturizatsiya qiliş yuzasidan tuzilgan kelişuv sabab böldi. Fitch buni «defoltga öxşaş jarayon» deb atadi. 

Ukraina taşqi qarzini qayta tuziş 

22 iyul, duşanba kuni Ukraina boş vaziri Denis Şmixal mamlakat Ukrainaning yevroobligatsiyalar egalari qömitasi bilan taşqi qarz bir qismini restrukturizatsiya qiliş böyiça «prinsipial kelişuvlarga» erişganini aytdi. Uning sözlariga köra, bu qadam mamlakatga uni saqlaş uçun uç yil davomida 11,4 milliard AQŞ dollarini, 2033 yilgaça esa 22,75 milliard dollarni tejaş imkonini beradi. Böşatilgan resurslar, xususan, mudofaa, ijtimoiy himoya va Ukrainani qayta tiklaşga yönaltiriladi, dedi Şmixal. 

Mamlakat Moliya vazirligi aniqlik kiritişiça, restrukturizatsiya 23,4 milliard dollarlik davlat obligatsiyalariga tegişli. U yakunlangaç, yevroobligatsiyalarning tölov muddati uzaytiriladi: 1,172 milliard dollar miqdoridagi birinçi tölov 2029 yilda amalga oşiriladi. Vazirlik ta’kidlaşiça, qayta tuzişsiz 9,381 milliard dollarlik qarzning asosiy summasi 2024 va 2029 yillar oraliğida tölanişi kerak edi. 

«Uşbu restrukturizatsiya kelişuvining tugallanişi Ukraina xalqaro kapital bozoriga erta qaytişi uçun şaroit yaratadi, xavfsizlik vaziyati barqarorlaşganda, mamlakatni tez tiklaş va rekonstruksiya qilişni moliyalaştirişga imkon beradi», — dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marçenko.