Niderlandiya va Daniya Ukrainaga 14 ta Leopard 2 tankini yetkazib beradi
Tanklar Germaniyaning Rheinmetall konserni tomonidan to‘liq ta’mirlandi va bir necha oylik sinovlardan so‘ng yoz oxirigacha yetkazib beriladi. Aniq sana aytilmagan.

Foto: AP
Niderlandiya va Daniya yaqin orada Kiyevga Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni tomonidan to‘liq ta’mirlangan 14 ta Leopard 2 tankini bir necha oylik sinovlardan so‘ng 2024 yil yozi oxirigacha yetkazib beradi. Bu haqda 25 iyul, payshanba kuni Niderlandiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Yetkazib berishning aniq sanasi e’lon qilinmadi, biroq 12 ta tank allaqachon jo‘natish uchun topshirilgan, qolgan ikkitasi sinovi esa qurollar butun partiyasini bir vaqtning o‘zida yetkazib berish uchun yakunlanishi kutilmoqda.
Mudofaa vaziri Ruben Brekelmansning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina jang maydonidagi og‘ir vaziyatni hisobga olgan holda, zudlik bilan ko‘proq harbiy yordamga muhtoj». Uning aniqlik kiritishicha, Niderlandiya o‘z ittifoqchilari va hamkorlari bilan zarur bo‘lgunga qadar Ukrainani Rossiyadan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Kiyevga tanklarni yetkazib berish olti oy oldin rejalashtirilgan edi
Niderlandiya Ukrainani zamonaviy jangovar tanklar bilan ta’minlovchi xalqaro tank koalitsiyasining bir qismidir. 2023 yil aprel oyida mamlakat rasmiylari Daniya bilan birgalikda 14 ta Leopard 2 tankini Kiyevga topshirish, ularni «uchinchi tomondan» sotib olish va ta’mirlash niyatida ekanliklarini e’lon qildi. O‘shanda yetkazib berish 2024 yilning birinchi oylarida amalga oshirilishi kutilgan edi. Shunday qilib, va’da kutilganidan biroz kechroq amalga oshadi.
Leopard 2 Bundesverning asosiy jangovar tanki bo‘lib, Avstriya, Vengriya, Polsha, Turkiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Ispaniya, Daniya, Gretsiya va Finlandiyada foydalaniladi. 1979 yilda foydalanish boshlaganidan beri ushbu tank turli xil modifikatsiyalarda 3,6 mingdan ortiq dona hajmda ishlab chiqarilgan.
Daniya va Germaniya Leopard 1 tanklarini yetkazib berish bo‘yicha alohida loyihada ishtirok etmoqda.
Germaniya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish ro‘yxatini kengaytirdi
Iyul oyi boshida Germaniya hukumati Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollar ro‘yxatini yangiladi. Ro‘yxatga ko‘ra, Patriot zenit-raketa kompleksi, uning ehtiyot qismlari va tutuvchi raketalardan tashqari, Kiyev Berlindan Leopard 1 jangovar tanklari uchun o‘q-dorilar, ikkita TRML-4D radiolokatsion stansiyasi, Gepard o‘ziyurar zenit qurilmalari uchun 9 ming snaryad va 55 mingta 155 mm artilleriya snaryadlari olgan.
Shuningdek, ro‘yxatga 30 ta Vector razvedkachi dronlari, 200 ta mobil dron to‘xtatuvchisi, 10 ta suvusti dronlari, to‘rtta Wisent 1 minadan tozalash tanklari, bitta Bergepanzer 2 zirhli ta’mirlash mashinasi ehtiyot qismlari bilan, 39 ta sun’iy yo‘ldosh aloqa terminali, 10 ta zirhli avtomobil, yuzlab o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek, boshqa harbiy texnika kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
-
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi
O‘zbekiston | 16:33
Mavzuga oid

14:30
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

11:57
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:55
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

11:30 / 18.06.2025