09:33 / 04.03.2023
5894

Crew Dragon XKSga yangi ekipajni yetkazdi

Rossiyalik kosmonavtni o‘z ichiga olgan Crew Dragon-6 ekipaji XKSda olti oy ishlashi kerak bo‘ladi. U o‘tgan yilning oktabr oyidan beri bortda bo‘lgan Crew Dragon-5 jamoasini stansiyada almashtiradi.

Foto: NASA

3 mart, juma kuni Amerikaning qayta foydalanish mumkin bo‘lgan boshqariladigan kosmik kemasi Crew Dragon Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) muvaffaqiyatli tutashdi. Tutashish avtomatik ravishda XKS Amerika segmentining Harmony moduliga amalga oshirildi va NASA kosmik agentligi tomonidan jonli efirda namoyish etildi.

Crew Dragon-6 kosmik kemasining xalqaro ekipaji tarkibiga amerikalik astronavtlar Stiven Bouen va Vudi Xoburg, BAA astronavti Sulton Al-Neyadi va rossiyalik kosmonavt Andrey Fedyayev kiradi. XKSda olti oy ishlashi kerak bo‘lgan Crew Dragon-6 ekipaji stansiyada 2022 yil oktyabr oyidan buyon XKSda bo‘lgan Crew Dragon-5 ekipajini almashtiradi. Besh kundan keyin NASA astronavtlari Josh Kassada va Nikol Mann, yaponiyalik Koichi Vakata va rossiyalik kosmonavt Anna Kikina yerga qaytishi kerak.

Crew Dragon-6 SpaceX xususiy kompaniyasining Falcon 9 raketa tashuvchisida 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:34) da Kennedi koinot markazi 39A uchirish majmuasidan uchirildi. Bu qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kema uchun to‘rtinchi parvoz bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top