Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qaraşli Crew Dragon boşqariladigan kosmik kemasi 27 avgust, yakşanba kuni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tutaşdi.
Crew Dragon’ning Endurance kapsulasi XKSga avtomatik ravişda soat 13:16 (Toşkent vaqti bilan 18:16) da tutaşdi, deb xabar beradi AQŞ Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qiliş milliy boşqarmasi öz sayti va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Crew-7 missiyasi ekipaji - Roskosmos kosmonavti Konstantin Borisov, NASA astronavti Yasmin Mogbeli, Yevropa kosmik agentligi (EASA) astronavti Andreas Mogensen va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) astronavti Satoşi Furukava XKSda olti oy davomida qolişi rejalaştirilgan.
Crew Dragon kosmik kemasining uçirilişi 26 avgust kuni Kennedi kosmik markazidagi (Florida) kosmodromdan amalga oşirildi. XKSga parvoz bir kundan sal köproq davom etdi.
Crew Dragon’da Rossiyaning uçinçi kosmonavti
TASS agentligining xabar berişiça, Konstantin Borisov Rossiya-AQŞ özaro parvozlar dasturi doirasida Crew Dragon kosmik kemasida XKSga uçgan uçinçi rossiyalik kosmonavt böldi. 2022 yil oktyabr oyida rossiyalik ayol Anna Kikina Crew-5 missiyasi ekipaji tarkibida XKSga yetib keldi, kosmonavt Andrey Fedyayev esa mart oyida Crew-6 missiyasi ekipaji tarkibida edi.

















