Astronavtlar - 61 yoşli Butç Uilmor va 58 yoşli Suni Uilyams bortida bölgan birinçi boşqariladigan Starliner kosmik kemasi 6 iyun, payşanba kuni Moskva vaqti bilan soat 20:34 da Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga muvaffaqiyatli tutaşdi, deya xabar beradi Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etiş böyiça milliy boşqarma (NASA).
Qayd etilişiça, tutaşiş manyovri rejalaştirilganidan 80 daqiqa keçroq bajarilgan. Keçikiş sababi - kosmik kapsulaning harakatlaniş tizimidagi muammolar, deb tuşuntirdi NASA. «Uçirişdan söng yana ikkita sizib çiqiş sodir böldi. Qaysidir nuqtada manyovr qiliş uçun işlatiladigan 28 ta tuzatiş jiklyoridan beştasi işlamay qoldi», dedi şarhlovçi kosmik manyovr jonli efirida. Biroq, keyinçalik beşta jiklyordan törttasi yana işlay boşladi, bu esa XKS bilan muvaffaqiyatli tutaşiş imkonini berdi.
Boeing Starliner’ni XKSga faqat uçinçi urinişda uçirdi
Boeing korporatsiyasi Starliner boşqariladigan kemasini bortida ikki amerikalik astronavt bilan uçinçi urinişda XKSga uçirdi. 5 iyun kuni apparat Florida ştatidagi Kanaveral burnidan Atlas V United Launch Alliance raketa-taşuvçisi yordamida uçirildi.
Astronavtlar stansiyada taxminan bir hafta qoladi. NASA ta’kidlaşiça, uçirişdan maqsad kosmik kemani keyinçalik stansiyaga va Yerga muntazam va xavfsiz parvozlarni amalga oşirişi uçun sertifikatlaşdir.
Starliner’ni uçirişga birinçi uriniş 6 may kuni, ikkinçisi 1 iyun kuni bölib ötdi. Ikkalasi ham texnik nosozliklar tufayli bekor qilindi. Starliner kosmik kemasi 2014 yildan beri davlat-xususiy şeriklik doirasida NASA bilan şartnoma asosida Boeing tomonidan işlab çiqilgan.












