The Mag jurnalida Makro supermarketlarining boşqaruvçi direktori Dmitriy Bovaning “Bozorlardan zamonaviy çakana savdoga: Makro mijozlar qalbiga yangi yöl topmoqda” intervyusi çop etildi. Unda yangi top-menejyer tarmoq qanday rivojlanişi, ba’zi dökonlar nega yopilgani, qaçon özbekistonlik xaridorlar bozorlardan supermarketlarga ötişlari, şuningdek kim freş va ultrafreş mahsulotlari yetkazib beruvçisiga aylanişi haqida gapirib berdi. KUN.UZ suhbatning eng qiziqarli parçalarini naşr etadi.

Ommaviy axborot vositalarida bir neçta dökonlarning yopilgani haqida yozişdi. Nima uçun?

Bu perspektiva sari qöyilgan qadam. Makro juda tez kengaydi, lekin köp hajmga tayanib xatoga yöl qöydi. Aslida, kompaniya sakkiz turdagi dökon formatiga ega edi. Bunday yukni samarali boşqarişning deyarli iloji yöq, ayniqsa bozorni rivojlantiriş bosqiçida. Agar siz bir vaqtning özida sakkizta formatga, turli auditoriyalarga, manzillarga va assortiment matritsalariga e’tibor qaratsangiz, tendensiyalarni kuzatib boriş qiyinlaşadi. Siz özingiz işonadigan va kengaytira oladigan modelni işlab çiqa olmaysiz.

Hozirda biz yangi jamoa yiğyapmiz va köpi bilan ikki formatga e’tibor qaratişni rejalaştirmoqdamiz. Barça yopganlarimiz potensial qiziqiş doirasidan taşqariga çiqqan edi. Rejada – taşrif buyuruvçilarning asosiy ehtiyojlariga e’tibor qaratişdir. Bu birinçi navbatda freş va ultrafreş: sabzavotlar, mevalar, göşt, baliq, sut – amal qiliş muddati 5-10 kungaça bölgan barça mahsulotlardir. Biz taxminan olti oy davomida şunday işlaymiz, kompaniyani barqarorlaştiramiz, uning kuçli tomonlarini aniqlaymiz va butun mamlakat böylab kengayişni boşlaymiz.

Freş va ultrafreş mahsulotlarni yetkazib beruvçilar mahalliy böladimi?

Ha, asosan mahalliy. Ba’zilari qöşni davlatlardan. Argentinadan oq angus hozirça bölmaydi.

Siz öz xaridoringizni örganib çiqdingizmi? Uning qandaydir portreti bormi?

Kompaniyaning formatlari va geografiyasi böyiça fokusdan çiqqanligi sababli bizning assortimentimiz ham yuvilib ketgan va bu auditoriyaga ham ta’sir qilgan. E’tibor baqqollik, içimliklarga ötdi, şuning uçun bizga 35 yoşgaça bölgan odamlar kela boşladilar, ular hozir taxminan 75% ni taşkil qiladi.