O‘zbekiston | 09:43 / 06.03.2023
23859
3 daqiqa o‘qiladi

Respublikaning eng yaxshi mehmonxonalari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Poytaxtdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi eng yaxshi deb topilgan mehmonxonalar, xostellar, mehmon uylari va ularda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 30 ga yaqin nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

"Hotel Business Forum-2023" doirasida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimida Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, Otel’yerlar Assotsiatsiyasi raisi Farangiz Abdullayeva, turli mahalliy va xalqaro mehmonxona brendlari vakillari ishtirok etishdi.

Nominatsiyalar g‘oliblarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  • Toshkentdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Shahzoda Grand Hotel;
  • Hududdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Silk Road Empire Hotel;
  • Hududdagi eng yaxshi biznes mehmonxona — Samarkand Regency Amir Temur;
  • Toshkent shahridagi eng yaxshi biznes mehmonxona — Hyatt Regency;
  • Eng yaxshi mini mehmonxona — Platan Hotel Samarqand;
  • Eng yaxshi apart-mehmonxona — Art Apart Hotel;
  • Eng yaxshi siti-mehmonxona — Hilton Garden Inn Samarkand;
  • Toshkentdagi eng yaxshi mise-mehmonxona — Courtyard by Marriott Tashkent;
  • Hududdagi eng yaxshi mice-mehmonxona — Sahid Zarafshan Bukhara;
  • Eng yaxshi butik-mehmonxona — Minzifa Boutique Hotel Bukhara;
  • Eng yaxshi restoran menejyeri — Dilshod Abdukarimov, Humson Buloq;
  • Qabul va joylashtiruv xizmati bo‘yicha eng yaxshi menejyer — Firdavs Sattarov, Dillimah Premium Hotel Samarkand;
  • Eng yaxshi “housekeeping” menejyeri — Liana Idrisova, Regal Stay Tashkent;
  • Sotuvlar bo‘yicha eng yaxshi direktor — Kristina Livshits, Hyatt Regency Tashkent;
  • Eng yaxshi mehmonxona dizayni — Mercure Bukhara Old Town;
  • Shahar tashqarisidagi eng yaxshi oilaviy dam olish maskani — Layner;
  • Toshkent shahridagi eng yaxshi xostel — Shah Polan Hostel;
  • Hududdagi eng yaxshi xostel — Bukhara City Hostel;
  • Eng yaxshi oilaviy mehmon uyi — Besqala Guest House;
  • Eng yaxshi xavfsiz mehmon uyi — Gulizebo Gulnoza;
  • Mehmonxonadagi eng yaxshi nonushta — Radisson Blu Hotel Tashkent;
  • Mehmonxonadagi eng yaxshi restoran — Oscar Boutique Hotel;
  • Eng yaxshi spa-otel — Wellness Park Hotel Samarkand;
  • Digital kommunikatsiya va veb-sayt yuritish bo‘yicha eng yaxshi mehmonxona — Hilton Tashkent City;
  • Yilning eng yaxshi HoReCa ta’minotchisi — Restomarket;
  • Yilning eng yaxshi jihoz ta’minotchisi — Hotel Line;
  • Yilning eng yaxshi menejyeri — Farhod Toshtemirov, Mercure Tashkent;
  • Hududdagi yil ochilishi — Silk Road Samarkand;
  • Toshkent shahridagi yil ochilishi — Hotel Inspira-S Tashkent.

Mavzuga oid