ISW: Baxmut uchun jang - «Vagner»ga qarshi qaratilgan zarba
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyatning navbatdagi sharhida Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Kiyevning Baxmutni himoya qilishni davom ettirish haqidagi bayonotini tahlil qildi.
Bu shahar na operatsion, na strategik nuqtayi nazardan fundamental ahamiyatga ega emas, deydi tahlilchilar avvalgi tahliliy sharhni eslatib.
«Ammo Ukrainaning Baxmut uchun kurashi ushbu hududda joylashgan rus qo‘shinlarining hozirgi tarkibi tufayli strategik ahamiyatga ega bo‘ldi. Baxmut jangi «Vagner» XHKning eng yaxshi kuchlarini jiddiy ravishda yo‘q qilishi mumkin, bu esa Rossiyani almashtirish qiyin bo‘lgan o‘zining bir nechta eng samarali zarba berish bo‘linmalaridan mahrum etishi ehtimoli bor, degani», deyiladi ma’lumotda.
Shu bilan birga, «Vagner» guruhining eng yaxshi jangovar bo‘linmalarini jiddiy qisqartirish yoki yo‘q qilish frontdan tashqarida ijobiy oqibatlarga olib keladi, deya qo‘shimcha qildi harbiy ekspertlar.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
13:16 / 11.09.2024
“Jangda ortga chekingan sheriklarimizni otib tashlash topshirig‘i berilgandi” – yana bir o‘zbekistonlik vagnerchiga hukm o‘qildi
14:37 / 05.08.2024