Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollangan özbekistonlik erkakka hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi
Sud hukmida keltirilişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan B.Z. işlaş uçun Rossiyaga borgan. Avvaliga turli joylarda yollanma işçi bölib işlab yurgan erkak ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon orqali «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga yollangan.
U «Vagner»ning Call markazi bilan suhbatlaşib, 240 ming rubl oylik iş haqi berilişi, qayerga borib kimlarga murojaat qilinişi töğrisida ma’lumotlar olgan. Söngra “Novosibirsk-Krasnodar” yönalişidagi poyezdda Krasnodar şahriga borgan hamda öşa hududdagi harbiy bazaga borib, öz ixtiyori bilan Ukrainada bölayotgan qurolli töqnaşuvlarda Rossiya tomonidan iştirok etiş böyiça şartnoma tuzgan.
Şartnomada «Vagner» B.Z.ga 240 ming rubl oylik maoş beriş, harbiy kiyim va qurol bilan ta’minlaş, jangovar tayyorgarlikdan ötkaziş, şaxsiy xavfsizligini ta’minlaş, qurolli töqnaşuvlarda ölgan taqdirda murdasini yaşaş manziliga yuboriş va xizmat haqini yaqin qarindoşlariga yetkaziş majburiyatini olgan. B.Z.ga esa içki tartib intizomga qattiq rioya qiliş, berilgan topşiriqni inkor qilmay bajariş, boşqa harbiy xizmatçilar töğrisida ma’lumotlarga qiziqmaslik, qurolli töqnaşuvlarda ortiga qaytgan şeriklarini otib taşlaş majburiyatlari yuklatilgan.
B.Z. yollanganidan söng 21 kun harbiy tayyorgarlikdan ötgan. Keyin Luhanskdagi, Belarusdagi va Rossiyaning Podolsk şahridagi harbiy bazada xizmat qilib, harbiy harakatlarda qatnaşgan. U harbiy harakatlardagi iştiroki uçun Donetsk Xalq Respublikasi rahbarining “Za osvobojdeniye Artemovska” nomli medali bilan taqdirlangan.
Asli kasbi novvoy bölgan B.Z. 2023 yil 20 sentabr kuni Podolsk şahriga olinib kelingan hamda unga Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oliş taklif qilingan. Biroq u buni rad qilgaç, «Vagner» tomonidan şartnoma bir tomonlama bekor qilingan. Erkak 2023 yil 24 sentabr kuni Özbekistonga qaytib kelgan.
B.Z. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirib, qilmişidan puşaymonligini, bu işga şaroiti oğir bölgani uçun qöl urganini aytgan.
“Nogiron turmuş örtoğim, onam, singlim va uç farzandim, jami yetti kişi ikki xonali uyda yaşab kelamiz. Oilada yolğiz boquvçiman. Işlab pul topib, kattaroq uy sotib oliş uçun 2022 yilning 24 sentabr kuni avtobusda Rossiyaning Novosibirsk şahriga bordim. U yerda 2023 yilning 20 may kuniga qadar issiqxonada işçi bölib işladim.
Kunlarning birida Telegram’da “Vagner”ning kanalini körib qoldim. Unda xizmat qilsam 240 ming rubldan oylik, 21 kun harbiy tayyorgarlikdan ötiş jarayonida esa 45 ming rubl berişni aytişgani uçun ularning taklifiga rozi böldim.












