14:39 / 09.03.2023
8982

Deputatlar referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kutilyapti

Deputatlar bugun Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqadi. Yalpi majlis jonli efirda namoyish qilinadi.

Foto: Kun.uz

9 mart kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev xabar berdi.

Xabarga ko‘ra yalpi majlisda deputatlarning pozitsiya va xulosalari tinglanadi.

Ta’kidlanishicha, majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida» qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Tadbir «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» teleradiokanallari, «UzReport» telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTubeʼdagi sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanmoqda.

Top