O‘zboshimchalik bilan xorijga chiqqan Rossiya deputatlari va senatorlari mandatlaridan ayrilashadi
Rossiya Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengashi a’zolari rahbariyat bilan kelishmasdan xorijiy davlatga chiqib kelsa mandatlaridan ayriladi. Tegishli qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Vyacheslav Volodin, Rossiya Davlat dumasi spikeri. Foto: TASS
Rossiya Davlat dumasi saytiga joylashtirilgan qonun loyihasiga ko‘ra «Rossiya Federatsiyasi senatori statusi va Rossiya Federatsiyasi Federal kengashi Davlat dumasi deputati statusi to‘g‘risida»gi federal qonunga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan. Xorijiy safarlarning tartibi va muddatini kelishish Federatsiya kengashi va Davlat dumasi kengashlari tomonidan alohida o‘rnatiladi.
«Inson qayerda borayotganini asoslantirishi kerak. Agar u Baykalga yo‘l olsa — hammamiz qo‘llab-quvvatlaymiz, Volgada dam olsa — xursand bo‘lamiz. Lekin Maldiv orollari yoki Baliga ketsa — hamkasblar, xafa bo‘lmanglaru, — bu mamlakat va saylovchilarga nisbatan hurmatsizlik ekanini tushunishimiz kerak», — degan Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Spikerning qo‘shimcha qilishicha, bu me’yor qabul qilinganidan so‘ng «davlat va o‘z saylovchilari hisobidan saylanib dam olishni istovchilar soni keskin kamayadi».
Qonun loyihasi mualliflaridan biri, Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaning oldini olish qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskaryovga ko‘ra, «bu qaror davlatning ham, xorijga chiquvchilarning xavfsizlik masalalari tufayli qabul qilinmoqda». Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlarni «Kiyev rejimi» yoki Xalqaro jinoyat sudi so‘roviga xorijda ushlashlari mumkin. Shuningdek, Piskaryov deputatlar va senatorlar «egallab turgan lavozimiga ko‘ra davlat sirlaridan xabardor odamlar hisoblanadi», shu sababli ularning xorijiy safarlarini nazorat qilish davlatning xavfsizligini ta’minlash masalasidir.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

09:00 / 27.03.2025