O‘zbekistonda ilk bor deputatlar saylovi aralash tizimda o‘tadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Deputatlarning 75 nafari saylovchilar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi oktyabr oxirida o‘tadigan saylovga oid boshqa ma’lumotlarni ham e’lon qildi.

Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Markaziy saylov komissiyasi vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev 27 oktyabrda o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarini saylash jarayoni qanday o‘tishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, oktyabr so‘ngida bo‘ladigan jarayon “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tkaziladi. Tarixda ilk marotaba deputatlar saylovi aralash, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tadi. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar aniq shaxslarga ovoz berish yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi.
Saylovda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati, Senatning 65 nafar a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 65 nafar deputati, viloyatlar va Toshkent shahar, 208 ta tuman (shahar) Kengashlari deputatlari saylanadi. Shunga ko‘ra, 30 mingga yaqin nomzodlar, 90 mingga yaqin ularning ishonchli vakillari saylov jarayonida faol ishtirok etishi hamda 120 mingdan ortiq saylov komissiyalari a’zolari tashkilotchi sifatida, 70 mingdan ortiq fuqarolar va xorijliklar kuzatuvchi sifatidagi ishtiroki kutilmoqda.
Qayd etilishicha, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etilgan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilangan.
Bundan tashqari, deputatlikka nomzod saylanish uchun saylovchilarning nisbiy ko‘pchiligi ovozini olishi lozimligi belgilangan. Unga ko‘ra, nomzod tegishli saylov okrugida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz to‘plagan taqdirda deputat bo‘lib saylanishi mumkin bo‘ladi va shu orqali takroriy ovoz berishni tashkil etish talab etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Leapmotor avtomobili Piskentdagi sinovda ijobiy natija ko‘rsatdi. Taqiq hali yechilmadi
O‘zbekiston | 20:59
-
Blue Origin faqat ayollardan iborat ekipaj bilan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Jahon | 20:54
-
Tramp Grenlandiya va Zelenskiy tufayli CBS nashridan darg‘azab bo‘ldi
Jahon | 20:45
-
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda
Jahon | 20:41
Mavzuga oid

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025