Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
AES qurish g‘oyasi jamoatchilik tomonidan muhokama qilindi. Ekologlar va faollar radioaktiv chiqindilarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilish bilan bog‘liq xavflar tufayli loyihani amalga oshirishga qarshi chiqishdi.
Qozog‘iston hukumati mamlakatda atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qaror hukumatga Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satqaliyev tomonidan kiritildi. Bosh vazir O‘ljas Bektenov qaror loyihasini prezident ma’muriyatiga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. Ovoz berish sanasi hali belgilanmagan.
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2023 yil sentabrida AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, bir tomondan, Qozog‘iston dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi sifatida «o‘z atom generatsiyasiga ega bo‘lishi kerak». Boshqa tomondan, «Semipalatinsk yadroviy poligonining fojiali merosini» hisobga olgan holda, prezident referendumni zarur deb hisobladi.
Qozog‘istonda referendum e’lon qilinishidan avval AES qurish g‘oyasi jamoatchilik tomonidan muhokama qilindi. Tinglovlarda ekologlar va faollar radioaktiv chiqindilarni noto‘g‘ri utilizatsiya qilish bilan bog‘liq xavflar tufayli loyihani amalga oshirishga qarshi chiqishdi.
Atom elektr stansiyasini Balxash ko‘li qirg‘og‘ida qurish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 10-15 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026