21:31 / 09.03.2023
15175

Referendum o‘tkazish bo‘yicha qaror ertaga qoldirildi 

Yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi qaror kechiktirildi. 

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

9 mart kuni yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak edi. 

Biroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning yozishicha, bugungi majlis muhokama va bahslardan iborat bo‘ldi. Loyihani takomillashtirish bo‘yicha ko‘p takliflar bildirilgani bois qaror qabul qilinmadi. 

Qaror muhokamasi 10 mart kuni soat 10:00 ga qoldirildi. 

Top