Yevrokomissiya rahbari: Rossiyaning Ukrainaga yangi zarbalari - harbiy jinoyat
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen 9 martga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukrainadagi tinch aholi obektlariga uyushtirilgan raketa hujumlarini keskin qoraladi.
«Rossiyaning tinch aholi va elektr tarmoqlari tizimini nishonga olgan zarbalari harbiy jinoyat hisoblanadi», deb yozdi fon der Lyayyen Twitter sahifasida.
Shu bilan birga, u bunday noqonuniy xatti-harakatlar Bryussel va Kiyevning «Ukrainadagi islohotlarni Yevropa yo‘lida ilgari surishda davom etish»dagi mushtarak qat’iyatini kuchaytirishini ta’kidladi.
Bundan oldin Rossiya yana Kiyev, Odessa, Xarkiv va Ukrainaning boshqa shaharlarini o‘qqa tutgandi. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni jami 81 raketa uchirilganini ma’lum qildi. Olti kishi halok bo‘lgan.
«Dushman yana bir bor ukrainaliklarni qo‘rqitishga urinib, o‘zining ayanchli taktikasiga qaytgan holda 81 ta raketa otdi», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payshanba kuni ertalab o‘zining Telegram-kanalida.
«Bosqinchilar faqat tinch aholini qo‘rqitishi mumkin. Ularning qo‘lidan keladigan narsa shu. Lekin bu ularga yordam bermaydi», dedi Ukraina prezidenti.
Ular qilgan ishlari uchun javobgarlikdan qochib qutula olmaydilar, dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaga amalga oshirilgan» tungi hujum kamida 10 ta viloyatida qayd etilgan, qurbonlar va yaradorlar bor.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024