Buyuk Britaniya boş vaziri va Yevropa komissiyasi prezidenti Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasidan turib Yevropani doim kuraşga tayyor turişga çaqirdi. Starmerga köra, Yevropa mudofaasi davlatlarning umumiy majburiyati. Yevroittifoqdan çiqqan bölişiga qaramay, London Yevropa bilan birga. Agar çaqirişsa, darhol yordamga kelamiz, dedi boş vazir. Lyayyen esa 2028 yilga borib mudofaa xarajatlari böyiça Yevropa AQŞni ortda qoldirişini ma’lum qildi.
Boş vazir Kir Starmerga köra, 2020 yilgi Brexit, ya’ni Britaniyaning ittifoqdan çiqişiga qaramay, London Yevropa bilan birga. Buni fon der Lyayyenning özi ham ramziy hodisa deya nutqini boşladi. Yevrokomissiya raisining ta’kidlaşiça, “bugungi Yevropaga şok terapiyasi kerak bölmoqda”. Ayniqsa, mustaqillik, suverenitet va mudofaa böyiça. Yevropa öz himoyasiga 2028 yilga borib AQŞdan ham köproq pul sarflaydi. Bundan taşqari, Ukrainani qöllaşda ittifoq bardam va mahkam. Rossiya uruş boşlagani uçun badal tölasagina qaytariş şarti bilan berilayotgan 90 mlrd yevro bunga yaqqol misol.
“Uşbu ötkir notinç davrda Yevropa va xususan, Buyuk Britaniya xavfsizlik, iqtisodiyot yoki demokratiyamizni himoya qiliş borasida yaqinlaşişi kerak. Brexitdan ön yil ötgaç, kelajagimiz har qaçongidan ham boğliq. Bu umumiy manfaatlarimizga ham mos kelmoqda. Çunki biz butun Yevropamiz, birgamiz. Endi esa eng katta ehtiyojimiz – Yevropa xavfsizlik strategiyasi, biz bu siyosatimizni zudlik bilan qayta körib çiqişimiz kerak. Mustaqilligimizning asl ma’nosi – hududimizni, iqtisodiyot, demokratiyamizni, turmuş tarzimizni himoya qila olişdir”, deydi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya prezidentining qöşimça qilişiça, mintaqa oğir sanoat, avtomobilsozlik va aerokosmik sanoatda yetakçi. Buni esa endi mudofaa bilan integratsiya qiliş kerak.
“Ukraina bizga yaqqol misol. Bizda juda köp turli xil qurol tizimlari, tanklar, samolyotlar va kemalar mavjudligini bilamiz. Ammo yangi texnologiyalar, masalan, sun’iy intellekt va dasturiy ta’minot – a’zo davlatlar, NATO va Yevropa Ittifoqi örtasida özaro hamkorlikni mustahkamlaşga yordam beradi. Biz hammamiz köproq mablağ sarflaşga kelişib oldik, pulni taşqariga çiqarib, buni haqiqiy mudofaa imkoniyatlariga aylantirişimiz kerak. Ba’zilar biz bunga qodirmizmi, deb söraşadi? Lekin men javob bersam, hozir bunga qodir emasmiz. Agar biz buni töğri amalga oşirsak, nafaqat bizni xavfsiz saqlaydigan, balki ösiş dvigateli bölib, kelgusi ön yilliklar davomida yevropaliklar uçun farovonlikni ta’minlaydigan yangi sanoatga erişamiz”, -











