Özbek xalqining şakllanişi haqida tarixçilar tomonidan xilma-xil, şuningdek, bir-biriga qarama-qarşi fikrlar aytiladi. Biroq bu mavzuda Özbekistonda turli toş davrlariga oid muhim arxeologik qazişma işlarida qatnaşgan, ÖzFA akademigi, “Özbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”, “Özbek xalqining kelib çiqiş tarixi” kitoblari muallifi Ahmadali Asqarov izlanişlari muhim.
Asqarov hozirgi özbeklarning töliq şakllanişi antik davrda yuz bergan deb hisoblaydi. Antik davr miloddan avvalgi 4 va milodiy 4-asrlarga töğri kelib, Özbekistonda bu davrga oid yuzga yaqin manzilgohlar topilgan.

Umuman olganda, dunyo tarixidagi köp sivilizatsiyalar qatori Markaziy Osiyoda ham ilk sivilizatsiyalar daryolar böyida paydo bölgan. Şulardan biri Amudaryo bölib, uning sohillarida yaşaganlar eroniy tillarda, ya’ni suğdiy, xorazmiy, baqtariy va sak tillarida gaplaşişgan. Ular yaşagan şaharlar esa Baqtriya, Suğdiyona, Marğiyona, Parfiyona va Qadimgi Xorazm deb atalgan. Sirdaryo havzalarida esa qadimdan boşlab turkiyzabon aholi yaşagan. Turklar va turkiy tilda gaplaşuvçilar hozirgi Toşkent viloyati Sirdaryo, Jizzax, Farğona vodiysi Janubiy Qozoğistondan to Janubiy Oltoy, Sibir, Yenisey, Çukotka hududlariga qadar çözilib ketgan. Bu miloddan avvalgi 3-mingyilliklarga töğri keladi. Şu davrlargaça Amudaryo atrofidagi sak, baqtriya, suğdiylar va turklar alohida yaşagan. Bu hol antik davr, ya’ni hozirdan 2-2,5 ming yil oldingi davrgaça davom etdi.

“Miloddan avvalgi 2-ming yillik örtalarida Janubiy Sibir, Oltoy, Yenisey daryosi böylari, Janubiy Qozoğiston daştlari, Tyanşan hududlaridan sekin-sekin guruh bölib turkiyzabon aholi Sirdaryodan ötib bizning hududlarga kirdi. Sirdaryodan to Amudaryoga qadar bölgan barça hududni egalladi. Sibir tomondan kirib kelayotgan turkiyzabon aholi Özbekistonning barça hududiga tarqalib ketdi. Şuning uçun özbek xalqining kelib çiqiş tarixini ikkita etnik asosga boğlaymiz: birinçisi qadimiy eroniy tillarda gapirgan suğdiylar, xorazmiylar, baqtriyaliklar; ikkinçisi turkiy tilda gapirgan ajdodlarimiz. Ikki etnik qatlamning 25 asr davomida aralaşuvidan yangi millat paydo böldiki, buni özbek deb ataymiz”, — deydi Ahmadali Asqarov.





















