OAV: Si Jinping Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Xitoy rahbari Si Jinping Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal xabardor manbalarga tayanib.
![](https://storage.kun.uz/source/9/r4BIZo-VxlqKghZYraNJoZaP6raTNify.jpg)
Foto: Reuters
Bu Xitoy va Ukraina rahbarlarining urush boshlanganidan beri birinchi muzokaralari bo‘ladi. Nashrning yozishicha, uchrashuv keyingi haftada onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Zelenskiy bilan muzokaralar oldidan Si Jinping Moskvaga kelib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi. Xitoy rahbarining kelasi hafta Rossiyaga tashrifi rejalari haqida Reuters ham avvalroq xabar bergan edi.
Kreml bu ma’lumotga izoh bermadi. «Qoidaga ko‘ra, xorijiy tashriflar to‘g‘risidagi e’lonlar bir vaqtning o‘zida tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi, qachon tayyor bo‘lsa, shunda biz xabar beramiz», dedi jurnalistlarga Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Ukraina tomoni hozircha ikki yetakchi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatiga izoh bermadi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/2TJtOnBO096kNLjlEGI0kUxm1uT7ccOU_medium.jpg)
12:00 / 08.07.2024
«Barcha tomonlar Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtatilishidan manfaatdor» - Si Jinping
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/aK9iMn3PoDpCrg3KFPgSXUkZtXilT0eu_medium.jpg)
07:28 / 04.07.2024
Peskov Putin va Si Jinping o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotini ochiqladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/g3XMwgI_bRXOgNWC_BmsmrTBYGTtekJt_medium.jpg)
18:49 / 03.07.2024
Shavkat Mirziyoyev Ostonada Si Jinping bilan uchrashdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/YxHUNz3dCFqT9Io7uI66nnqZrbbcKchX_medium.jpg)
08:02 / 14.06.2024