Shavkat Mirziyoyev Ostonada Si Jinping bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida 3 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy raisiga O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotgani hamda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Yetakchilar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishilganini ta’kidladilar.
O‘zbekiston prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Hukumatlar, parlamentlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.
Yil yakuniga qadar Tashqi ishlar vazirlari strategik muloqotining ikkinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda Xitoy parlamentining yuqori darajadagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda bu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari qayd etildi.
Investitsiya loyihalarining joriy portfeli 50 milliard dollardan oshgan. Shu yil boshidan buyon mamlakatimizda 3 milliard dollardan ziyod Xitoy sarmoyasi o‘zlashtirilib, 500 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.
Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va «yashil» energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilishni jadallashtirishga kelishib olindi.
Yaqinda Jizzax viloyatida O‘zbekiston-Xitoy texnoparki ishga tushirilgani va mintaqamizda birinchi bo‘lib BYD elektromobillari ishlab chiqarila boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xitoyning yetakchi moliyaviy tuzilmalari bilan hamkorlik kengaymoqda. Xususan, «Ipak yo‘li» jamg‘armasi bilan investitsiya platformasi yaratildi, Xitoy Eksimbanki ko‘magida Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu bankning Toshkent shahrida hududiy filiali ochilishi kutilmoqda.
Hududlararo almashinuvlar faollashgani yuqori baholandi. Yil boshidan buyon mamlakatimizning barcha hududlari rahbarlari bir necha bor Xitoyga tashrif buyurdi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Anxoy, Tszyansi, Tszyansu, Chjetszyan, Shandun, Shensi va Shanxay muzofotlari delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Pekin, Urumchi va boshqa bir qator shaharlarda savdo uylari ochildi.
Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkazilishi belgilab olindi.
Prezident XXR raisini kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotganini alohida ta’kidladi. Bu muhim yo‘nalishda tajriba almashish bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish taklifi bildirildi.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida transport bog‘liqligini mustahkamlash va mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston tomonining «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab-quvvatlash va «uch yovuz kuch»ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, «Markaziy Osiyo - Xitoy» formati va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlik davom ettiriladi.
Davlat rahbari XXR yetakchisiga ShHTga raislik davrida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Turizm, ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yaqinda Toshkentda Markaziy Osiyodagi Konfutsiy institutlari forumi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizda XXR oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, Xitoyning professional ta’lim tizimi - «Lu Ban ustaxonasi»ni keng joriy etish rejalari belgilandi. Ikkinchi Ta’lim forumini kelgusi yilda o‘tkazish taklifi bildirildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti XXR Raisini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Uchrashuv har doimgidek o‘zaro ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
-
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 09:38
Mavzuga oid

09:34 / 22.01.2025
Tramp inauguratsiyasidan keyin Putin va Si o‘zaro hamkorlikni tasdiqladi

22:32 / 17.01.2025
Tramp Si Jinping bilan telefon orqali TikTok va savdo aloqalarini muhokama qildi

22:59 / 08.01.2025
WSJ: Xitoy raisi mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi

20:52 / 02.01.2025