Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan uçraşuvi çoğida barça tomonlar Ukrainada öt oçişning töxtatilişidan manfaatdor ekani, biroq yirik davlatlar «ijobiy energiya» namoyon eta boşlagandagina bunga erişiş mumkinligini ta’kidladi, deb yozadi Xinhua.
Agentlik xabariga köra, Si Jinping va Viktor Orban Ukrainadagi krizisni batafsil muhokama qilişgan. Vengeriya boş vaziri Kiyev va Moskvaga taşrifi borasida Xitoy yetakçisini boxabar qilgan. Öz navbatida XXR raisi Orbanning sa’y-harakatlarini yuqori baholab, Xitoy pozitsiyasi haqida sözlab bergan.
Xinhua agentligi yozişiça, Si Jinping öt oçişni töxtatib, uruşni yakunlaş, siyosiy yeçim topiş barça tomonlar uçun manfaatli ekanini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, ayni paytda jangovar harakatlar zonasi kengayişi, uruş yanada avj olişining oldini oliş, vaziyatni imkon qadar sovitişga bor diqqatni qaratiş kerak.
«Xalqaro hamjamiyat tomonlarga töğridan töğri muloqot va muzokaralar ötkaziş uçun şart-şaroitlar yaratişi va yordam berişi kerak. Barça yirik davlatlar ijobiy energiya namoyiş etsagina öt oçişning yakunlanişi tezda sodir böladi. Xitoy krizisni tinç yöl bilan hal bölişiga xizmat qiluvçi tinçlik muzokaralarini faol ilgari surmoqda», — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilişiça, Xitoy va Vengriya bu masalada asosiy yondaşuvlar va yönalişlar böyiça hammaslak. Pekin Budapeşt va boşqa tomonlar bilan aloqalarni saqlab turişga tayyor.
Muzokaralar çoğida Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlari mavzusi ham kötarilgan. Si Jinpingning qayd etişiça, Xitoy va Yevropa örtasida geosiyosiy mojarolar va fundamental manfaatlar töqnaşuvi yöq.









