AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jyeyk Sallivan Pekindagi Xalq majlislari zalida (parlament binosi) bölib ötgan uçraşuvda Xitoy rahbari Si Jinping bilan Rossiyaning Ukrainadagi uruşini muhokama qildi. Bu haqda 29 avgust, payşanba kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuv AQŞ va Xitoy örtasidagi oçiq aloqa kanallari va mas’uliyatli munosabatlarni saqlaşga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida bölib ötdi, deyiladi bayonotda.

Suhbat çoğida Xitoy-Tayvan munosabatlari, Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat kabi qator xalqaro masalalar körib çiqildi.

KUNA xabar berişiça, Sallivan Pekinga Xitoyning Rossiya mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaşi va buning Yevropa va transatlantika xavfsizligi uçun oqibatlaridan xavotir bildirdi.

Bayden va Si örtasida telefon muloqoti tayyorlanmoqda

Bundan taşqari, AQŞ prezidenti Jo Bayden va uning xitoylik hamkasbi Si tomonidan 2023 yil noyabr oyida Vudsaydda (Kaliforniya) bölib ötgan sammitda bildirilgan majburiyatlarni kelgusida amalga oşiriş, jumladan, narkotiklarga qarşi kuraş, ikki davlat harbiylari örtasidagi aloqalar va sun’iy intellektdan xavfsiz foydalaniş muhokama qilindi.

Oq uyning ta’kidlaşiça, Bayden va Si örtasidagi telefon suhbati yaqin haftalarda bölib ötişi kutilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Xitoyning «Xitoy-Amerika munosabatlari barqaror, soğlom rivojlanişi» tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi, deb xabar beradi AFP. Si Vaşington Pekin bilan hamkorlik qilişiga umid bildirdi.

Vaşington AQŞning yadroviy tiyib turiş strategiyasini qayta körib çiqdi

Amerika prezidenti Jo Bayden mart oyida maxfiy yadro rejasini tasdiqladi, unda birinçi marta Vaşingtonning yadroviy arsenali jadal kengayişi fonida Xitoyga qarşi kuraş strategiyasi va AQŞ qöşinlarini «ehtimoliy muvofiqlaştirilgan yadroviy töqnaşuvlar»ga tayyorlaş közda tutilgan. Bunda, Rossiya Xitoy va Şimoliy Koreya bilan birlaşgan front sifatida harakat qilişi mumkin. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi. 

«Yadro qurolidan foydalaniş böyiça qöllanma» taxminan har tört yilda bir marta yangilanadi. Naşrning yozişiça, bir qança bosma nusxalar milliy xavfsizlik idoralari bir neça xodimlari va Pentagon rahbariyatiga yuborilgan. AQŞ Kongressi yangilanişlar haqida Bayden lavozimini tark etişidan oldin xabardor qilinişi kutilmoqda.