XXR raisi Si Jinping Markaziy Afrika Respublikasi (MAR)dagi Çimbolo oltin konida Xitoy fuqarolariga uyuştirilgan hujum uçun javobgarlarni qattiq jazolaşni talab qildi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi 20 mart, duşanba kuni Si Jinping «yaralanganlarni davolaş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirişni», barça oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etişni, «aybdorlarni qonunga muvofiq qattiq jazolaşni va Xitoy fuqarolari xavfsizligini ta’minlaşni» talab qilgani töğrisida xabar berdi.
Mamlakat janubidagi Bambari şahri yaqinidagi Çimbolo koniga hujum 19 mart kuni soat 05:00 (Toşkent vaqti bilan soat 07:00)lar atrofida sodir böldi. Bambari meri Abel Matipata qurolli şaxslar qöriqçilarga hujum qilib, öt oçganini aytdi. Kon hujumdan bir neça kun oldin işlay boşlagan edi. Töqqiz kişining jasadi 19 martdan keçroq poytaxt Bangiga olib kelingan, yana ikki nafar xitoylik yaralangan.
Şubha dastlab hukumatga qarşi isyonçi «Özgarişlar uçun vatanparvarlar koalitsiyasi» (ÖVK)ga tuşdi, deb xabar beradi AP. U mintaqada faol bölib, MAR qurolli kuçlariga muntazam ravişda hujum qiladi. Isyonçilar guruhi ittifoqi sobiq prezident Fransua Bozizeni qöllab-quvvatlaydi.
Ayni paytda, nazorat-ötkaziş punktining harbiy vakili Mamadu Kura ayblovlar yolğon ekanini aytdi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK)ning rossiyalik yollanma askarlarini aybladi. Uning sözlariga köra, ular «ruslar mamlakatning bu qismida joylaşişidan ança oldin bu yerda bölgan xitoylarni qörqitiş uçun» hujumni rejalaştirişgan.
Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Fosten-Arkanj Tuadera xavfsizlik va harbiy tayyorgarlik uçun «Vagner guruhiga» murojaat qilgan. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kuzatuvçilari, öz navbatida, yollanma askarlarni inson huquqlarini buziş va qotillikda ayblaydi.
2021 yil oktabr oyida Qöşma Ştatlar XHKni Markaziy Afrika Respublikasi, Mali, Sudan va boşqa hududlarning tabiiy resurslaridan Rossiya harbiy operatsiyalarini moliyalaştiriş uçun foydalanganlikda ayblab çiqdi.
Markaziy Afrika Respublikasi oltin va olmos kabi ulkan foydali qazilma zaxiralariga qaramay, dunyodagi eng qaşşoq mamlakatlardan biri bölib qolmoqda. Ötgan ön yil içida köplab isyonçi guruhlar uruşdan vayron bölgan mamlakatda xorij kompaniyalari tomonidan foydali qazilmalarni qidiriş işlariga tösqinlik qilib, jazosiz iş olib bordi.












