Ukraina qurolli kuçlari uçun snaryadlar yetkazib berişni va’da qilgan Yevroittifoq davlatlari işlab çiqariş hajmini oşirişda katta qiyinçiliklarga uçramoqda. Uruşdan oldingi davrdagidan ikki barobar köp miqdorda öq-dori işlab çiqariş uçun ularga portlovçi moddalar va porox yetişmayapti. Financial Times naşri bunday muhim tarkibiy qismlarni işlab çiqarişni tezda oşiriş imkonsiz ekani haqida yozdi. Şu tariqa, Ukraina armiyasiga bir neça oyga yetkazişi uçun millionlab snaryadlar yetkazib beriş rejasi xavf ostida qolmoqda. Ayni paytda, Yevropa davlatlarining öq-dorilar yetkazib beriş böyiça allaqaçon olgan majburiyatlari ham Kiyevni qoniqtirmaydi: Ukraina mudofaa vazirligi yevropalik hamkorlarga ukrain qöşinlari mamlakatning barça hududlarini muvaffaqiyat bilan ozod etişi uçun har oyda 600 minggaça snaryad talab etilişi, amalda esa ular faqat 120 ming snaryadga ega bölişi mumkinligini aytgan.
Ukraina ham, Rossiya ham «snaryad taqçilligi»dan aziyat çekmoqda
Ğarb razvedkasi va ekspertlari Rossiya armiyasi snaryadlar yetişmovçiligiga uçrayotgani (yoki tez orada taqçillik boşlanişi) haqida ötgan yil kuzidayoq ma’lum qila boşlagandi. RF qurolli kuçlari ötgan yil yozida Donbassda amalga oşirilgan yuriş davomida juda köp öq-dorilarni sarflab yubordi: armiya uruş boşidan buyon şaxsiy tarkibda uçralgan katta yöqotişlar örnini töldirişga ulgurmagani sababli ukrain pozitsiyalarini kam sonli kuçlar bilan ham egallaş umidida artilleriya zarbalariga zör berdi. Bu esa zaxiralar tezda tugaşiga olib keldi. Yozda RF qurolli kuçlari kuniga 30 ming snaryad otgan bölsa, qişda bu miqdor 10 minggaça kamaydi
Rossiyada snaryadlar işlab çiqariş ösib bormoqda, ammo aynan qanday sur’atda ekani — noma’lum. Uruşga qadar, ekspertlar baholariga köra, mamlakatda kuniga örtaça ikki ming snaryad işlab çiqarilgan, şunday ekan, tanqislikni bartaraf etiş uçun (öq-dorilarning katta iste’moliga asoslangan taktika saqlab qolingan holda) işlab çiqariş hajmini ikki barobar oşiriş talab etiladi, agar bir neça barobar bölmasa.
Ukraina uçun, aftidan, vaziyat yanada yomonroq. Ukraina qurolli kuçlari hamon sovetlar davriga mansub yuzlab qurollar bilan jang qilmoqda. NATO snaryadlari ularga mos kelmaydi, Yevropadagi sovet kalibrlari zaxiralarining katta qismi esa Kiyevga ötgan yiliyoq berib bölingan. NATO işlab çiqargan qurollar yetkazib berilişi vaziyatni vaqtinça yaxşiladi: alyansning köplab mamlakatlarida snaryadlar zaxiralari tezda tugab qoldi; hozirgi kölamdagi işlab çiqariş esa yuzaga kelgan yetişmovçilikni, ayniqsa Ukraina qurolli kuçlarining ösib borayotgan talabini qoplaş uçun yetarli emas. Ğarb raqibga zarba berişning asosiy vositasi sifatida artilleriyaga tayanib uruş qilişga tayyorlanmagandi; alyans doktrinasi bunda birinçi navbatda aviatsiyadan foydalanişni közda tutadi.














