Yevropa Ittifoqi noqonuniy muhojirlardan himoyalanish bo‘yicha ikkita loyihani ishga tushirdi
YeIda boshpana so‘ralgan murojaatlar soni keskin ortishi fonida Yevropa Ittifoqi davlatlari noqonuniy migratsiyani cheklash niyatida.
Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralarni noqonuniy muhojirlar oqimidan himoya qilish bo‘yicha ikkita pilot loyihani ishga tushirdi, deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi 20 mart, dushanba kuni.
Boshlangan loyihalardan biri Bolgariya va Turkiya o‘rtasidagi chegarani transport vositalari, nazorat qilinadigan yo‘llar, videokuzatuv kameralari va kuzatuv minoralari yordamida himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida Yevropa Ittifoqi boshpana berish va noqonuniy migrantlarni qaytarish bo‘yicha tezlashtirilgan tartiblarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Fevral oyida xabar qilinganidek, loyiha Yevropa Ittifoqi mablag‘lari, Bolgariyaning o‘zi budjeti va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlarining badallari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. «Yevropa komissiyasi Bolgariyaga uning Turkiya bilan tashqi chegarasida nazoratni kuchaytirish uchun moliyaviy yordam beradi», — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida, unda aniq raqamlar keltirilmagan.
Fevral oyida bir vaqtning o‘zida e’lon qilingan ikkinchi loyiha avvalroq, 17 mart kuni boshlangan edi. U Ruminiyada amalga oshirilmoqda va migrantlarni ro‘yxatga olish, boshpana so‘rovlari bo‘yicha tezroq qaror qabul qilish va rad etilgan qochqinlarni qaytarish uchun yangi vositalarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
«Ruminiya Serbiya, Ukraina va Moldova bilan chegaradosh strategik geografik joylashuvi tufayli umumiy tashqi chegaramiz xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi», — deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida.
Mavzuga oid
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
01:00 / 31.10.2024