YeXHT: Qozog‘istondagi saylov demokratiya sari qadamdir
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) kuzatuvchilari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovining dastlabki natijalarini, hukmron «Amanat» (sobiq «Nur Otan») partiyasi g‘alabasini ehtiyotkorlik bilan olqishladi.

Foto: AFP
Qariyb 20 yil ichida ilk bor muxolifatning bir qancha vakillari saylovda (mustaqil nomzod sifatida) qatnasha olgani tufayli YeXHT ekspertlari buni demokratiya sari qadam sifatida baholashdi, ammo demokratik islohotlarni davom ettirish zarurligini ham ta’kidlashmoqda.
«Avvalgi tavsiyalar asosida saylovchilarga ko‘proq tanlov berish uchun qonunchilik bazasiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi», deyiladi kuzatuvchilar hisobotida, «Biroq, [erkin] demokratik saylovlar o‘tkazish uchun yetarli asos yaratish uchun yana islohotlar zarur».
Qozog‘iston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan beri G‘arb kuzatuvchilari bu mamlakatda o‘tkazilgan birorta saylovni erkin deb tan olmagan.
Mamlakatdagi jurnalistlar va siyosatshunoslar bu safar ham hech qanday tub o‘zgarishlar yuz bermagani va Qozog‘iston rasmiylari «erkin saylovlarni taqlid qilishdek odatdagi amaliyotini davom ettirayotgani, bu safar saylov islohotini “tutun pardasi” sifatida ishlatayotgani»ni ta’kidlamoqda.
Qulay ko‘pchilik
Bu Qozog‘istonda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning keng ko‘lamli saylov islohotidan keyin yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi saylov bo‘ldi.
Yangi saylov tizimi liberalroq deb ta’riflangan, biroq qonun quyi palatadagi o‘rinlarning uchdan ikki qismi hozirda prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi yettita rasmiy siyosiy partiya o‘rtasida taqsimlanishini kafolatlaydi.

Rasmiy ravishda To‘qayev mamlakat boshqaruviga 2019 yil mart oyida, possovet davrining doimiy yetakchisi Nursulton Nazarboyev prezidentlikdan ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqqanidan so‘ng keldi. Biroq amalda hokimiyat yangi prezident qo‘liga 2022 yil yanvarida, Nazarboyevning siyosatdan butunlay ketishini talab qilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng o‘tdi.
So‘nggi bir yil ichida To‘qayev hukmron elitada sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi, ko‘plab rahbarlik lavozimlarida o‘zidan oldingilarni almashtirdi, bu esa yangi prezident pozitsiyasini ancha mustahkamladi.
Biroq parlament quyi palatasining hozirgi tarkibi Nazarboyev keng vakolatlarga ega bo‘lgan va hukmron partiyani boshqargan paytda saylangan edi, shu bois To‘qayev 2026 yilgacha kutmaslikka qaror qildi va mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi.
Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, «Amanat» uchun saylovchilarning 53 foizi ovoz bergan, bu partiyaning avvalgi barcha saylovlardagi, jumladan, 2021 yilda o‘tkazilgan oxirgi saylovlardagi natijalaridan (71 foiz, 2007 yildan beri eng yomon natija) sezilarli darajada past.
Biroq bu natija ham hukmron partiyaga quyi palatada ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolish imkonini beradi. Eng yaqin «raqobatchi» «Ovul» partiyasi ham xuddi shu so‘rovnomalarga ko‘ra, taxminan 10 foiz ovoz to‘plamoqda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:37 / 16.06.2025
-
Qonunchilikka ma’muriy ogohlantirish chorasi kiritiladi
O‘zbekiston | 23:20 / 16.06.2025
-
Netanyahu Ali Xomanaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi
Jahon | 22:54 / 16.06.2025
-
Tramp Rossiyaning G8 tashkilotidan chetlatilishini xato deb atadi
Jahon | 22:20 / 16.06.2025
Mavzuga oid

20:24 / 16.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

16:25 / 14.06.2025
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025