Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi «eng maqbul va foydali» taklifi tufayli Qozoğistonda birinçi atom elektr stansiyasini quradigan konsorsium yetakçisi sifatida tanlandi. Bu haqda respublika Atom energiyasi agentligi xabar berdi.
Ehtimoliy pudratçilar röyxatiga «Rosatom»dan taşqari «China National Nuclear Corporation» (Xitoy), «Électricité de France» (Fransiya) va «Korea Hydro & Nuclear Power» (Janubiy Koreya) ham kirgan edi. Ularning takliflari yadro sanoatini rivojlantiriş böyiça idoralararo komissiya tomonidan körib çiqilib, Rossiya kompaniyasining arizasini eng maqbul deb topdi.
Komissiya «Rosatom» tomonidan taklif qilingan ehtimoliy xarajatlar va quriliş muddati haqida heç qanday ma’lumot bermadi.
Atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyevning aytişiça, Qozoğiston Xitoy bilan alohida – ikkinçi AESni quriş böyiça hamkorlik qilmoqçi. Bu borada Xitoy tomoni bilan alohida muzokaralar ötkaziladi.
2024 yil 6 oktyabrda Qozoğistonda atom elektr stansiyasini quriş imkoniyati böyiça referendum bölib ötgandi, unda saylovçilarning 71,12 foizi bu ğoyani qöllab-quvvatladi. AES Olmaota viloyatining Ulken qişloğidagi Balxaş köli böyida qurilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq, «Rosatom» Özbekistonda kiçik va katta quvvatli AES qurişi haqida xabar berilgan edi.













