Qozoğistonning sobiq mudofaa vaziri Ruslan Yaxşiliqov qölga olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Yaxşiliqov 9 iyun, duşanba kuni saytida u bilan suhbatdan parçalarni çop etgan Tengrinews.kz naşriga izoh berdi.
«Bema’ni gap. Avvalo, rasmiy manbalarga işoniş kerak. Men ta’tildaman. Menga dam oliş imkoniyatini berişdi. Uç yarim yildan beri ta’tilga çiqmadim. Bilasizmi, xizmat şuni talab qiladi», — dedi Yaxşiliqov.
Tengrinews.kz özining Telegram-kanalida Ruslan Yaxşiliqov oilasi bilan «Ostonadagi uyida» ekanligiga aniqlik kiritdi. Portal, şuningdek, mudofaa idorasi sobiq boşliği kadrda paydo bölgani va öz uyi hovlisiga çiqayotgani aytilgan videoni ham joylaştirdi.
Avvalroq Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Ruslan Yaxşiliqovni respublika mudofaa vaziri lavozimidan ozod qildi. Prezident farmoni bilan bu lavozimga Dauren Kosanov tayinlandi.
59 yoşli Yaxşiliqov 2022 yilning yanvaridan buyon Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida işlab kelayotgandi. 55 yoşli Kosanov bu tayinlovgaça Qozoğiston mudofaa vaziri örinbosari va Havo hujumidan mudofaa kuçlari boş qömondoni bölgan.









