15:02 / 23.03.2023
16539

“O‘sha kunlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman” - tuhmat sabab qamalgan sobiq hokim

Buxoroda 22 mart, chorshanba kuni “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda 2008–2015 yillarda G‘ijduvon tumaniga hokimlik qilgan Bahodir Ziyoyev so‘zga chiqib, tuhmat bilan qamalgani va og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazgani haqida gapirdi.

“2015 yilda tuxmat bilan qamaldim. 12 yillik qamoq (ozodlikdan mahrum qilish) jazosiga hukm qilindim. 6 oyga yaqin tergov hibsxonasida bo‘lib, g‘ayriinsoniy qiynoqlarni ko‘rdim. O‘sha kunlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman.

O‘zbekistonda sud-huquq tizimida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Men esa 2019 yilda to‘liq oqlandim”, dedi Ziyoyev.

Sobiq hokim konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini ta’kidlab, jamoatchilikni referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi reja qilingan bunday tadbirlar ayni paytgacha Buxorodan tashqari Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top