Davlat xavfsizlik xizmati Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hududlarda ötkazgan tezkor tadbirlar davomida qalbaki valutalarning muomalaga çiqarilişiga çek qöydi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yaşovçi 25 yoşli şaxs 2 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinçisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki dollarni ötkazmoqçi bölgan vaqtida uşlandi.
Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan 34 va 37 yoşli şaxslar xaridorga qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotişga kelişgan. Ular qalbaki 8300 dollarni berib, qolganini tez kunda yetkazişlarini aytgan va 5 ming dollarni olgan vaqtlarida uşlangan.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida yaşovçi 1993−1997 yillar oraliğida tuğilgan 3 nafar şaxs 200 ming sömlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln söm qalbaki pullarni 160 mln sömga sotayotgan vaqtlarida qölga olingan.
Şuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo dökoni binosi közdan keçirilganda kupyuralar tayyorlaşda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qoğoz kesuvçi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming sömlik, 1 dona 100 ming sömlik va 8 dona oq qoğozning bir tomoniga çop etilgan 200 ming sömlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















