Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida bankning 21 yoşli xodimi 41 kişining plastik kartasidan 21 million sömdan ziyod pulni öğirlagani aniqlandi. Bu haqida Içki işlar vazirligi xabar berdi.
1987 yilda tuğilgan fuqaro tuman Içki işlar bölimi boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda bank kartasi hisobidan pullar yöqolganini bildirgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida pullarni özlaştirgan şaxs bank xodimi ekani aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida uşbu xodim 2022 yil noyabr oyidan 2023 yil 29 may kuniga qadar fuqarolarning pensiya tölovlari, moddiy yordam va 2 yoşgaça nafaqa pullarini oliş maqsadida oçilgan 48 bank kartalarining 41 tasidan jami 21 million 900 ming söm pullarni öğirlagan. U bu pullarni özining ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Uşbu holat yuzasidan 2002 yilda tuğilgan Ğijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassa kassiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda öğirlangan mablağlarning barçasi qoplanib, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











