Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 4 tup daraxtni qo‘porgan fuqaroga 400 ta daraxt ekish majburiyati yuklandi
Foto: Ekologiya vazirligi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilish ishlari davomida 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 tup manzarali daraxtni G‘ijduvon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qo‘porib tashlagan.
Natijada tabiatga 50 mln 325 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan korxona direktori E.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 79-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, unga qo‘shimcha jazo tariqasida qo‘porilgan daraxtlar o‘rniga 400 tup daraxt ekish va ularni parvarishlash majburiyati yuklangan.
Mavzuga oid
08:41 / 10.03.2026
Buxoroda qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki dorilar savdosi fosh etildi
10:46 / 16.02.2026
Haydovchilik guvohnomasi va’dasi: 16 mln so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
14:45 / 25.11.2025
G‘ijduvon tumanida hokim o‘zgardi
09:27 / 22.07.2025